Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

La liga. «Barselona» «Selta»ni mag‘lub etdi, Messidan xet-trik (videosharh)

La liga. «Barselona» «Selta»ni mag‘lub etdi, Messidan xet-trik (videosharh)

Baho:
+ | -1

Ispaniya chempionatining 13-turi doirasida "Barselona" o‘z uyida "Selta"ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 23-daqiqasida Firpo chap qanotdan jarima maydoniga kirib, darvoza yaqiniga uzatma berayotganida to‘p qo‘lini yuqori ko‘tarib, "podkat" tashlayotgan himoyachining qo‘liga tegdi. Belgilangan penaltini Messi aniq amalga oshirdi.

Birinchi bo‘lim tugashiga 3 daqiqa qolganida Olasa 25 metrlardan jarima zarbasini chiroyli tarzda yo‘llab, hisobni tenglashtirdi. Taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Messi taxminan shunday masofada belgilangan jarima zarbasidan xuddi shunaqa gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa Lionel yana bir marta jarima zarbasidan aynan shunaqa zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi va "egizak gollar" muallifiga aylandi.

Uchrashuvning 60-daqiqasida argentinalik futbolchi Grizmanni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Antuanning zarbasini posbon qaytardi. Uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qolganida Buskets tomonidan jarima maydoni chizig‘i ustidan yo‘llangan zarbani "Selta" posboni qaytara olmadi — 4:1.

Ushbu g‘alabadan keyin "Barselona" o‘z ochkolarini 25taga yetkazib, to‘plar farqiga ko‘ra "Real"dan yuqoriga o‘tib oldi.

Ispaniya La ligasi, 13-tur
Barselona – Selta 4:1 (2:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 23, penalti Messi, 1:1 – 42 Olasa, 2:1 – 45 Messi, 3:1 – 48 Messi, 4:1 – 85 Buskets.
Barselona – ter Stegen, Semedu (Buskets, 23), Pike, Umtiti, Firpo, de Yong, Serdji Roberto, Artur, Messi, Grizmann (Suares, 73), Fati (Dembele, 46).
Selta – Ruben Blanko, Malyo, Aydu, Arauxo, Olasa, Junka, Lobotka (Denis Suares, 76), Beltran, Diop (Fernandes, 81), Aspas, Sisto (Mendes, 64).
Ogohlantirishlar: Umtiti (25), Messi (40), Beltran (45), Serdji Roberto (52), Buskets (88).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:02, 10.11.2019.
O'qildi: 8539 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик