Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Gvardiola: «Biz ikki marta ketma-ket chempion bo‘lgan jamoaga mos o‘ynadik»

Gvardiola: «Biz ikki marta ketma-ket chempion bo‘lgan jamoaga mos o‘ynadik»

Baho:
+1 | -

“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan “Liverpul”ga qarshi kechgan o‘yindang so‘ng quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

“Bugun biz nega chempion jamoa ekanligimizni ko‘rsatdik. Men o‘z jamoam bilan faxrlanaman. Biz Yevropaning eng yaxshi jamoasiga qarshi qanday o‘ynaganimiz bilan g‘ururlanishimiz kerak.

Hakamdan so‘raladigan savollarni menga bermang. Mayk Rayli va uning VARdagi yordamchilaridan so‘rang. Men jamoamning bugun ko‘rsatgan ajoyib o‘yini haqida gaplashmoqchiman. Bu bizning eng yaxshi o‘yinlarimizdan biri edi.

Biz ikki marta ketma-ket chempion bo‘lgan jamoaga mos o‘ynadik. "Liverpul" yaxshi o‘ynaganini inkor qilib bo‘lmaydi, ammo biz ham yaxshi o‘ynadik va xarakter ko‘rsatdik.

Bu Chempionlar ligasidagi o‘yinga o‘xshab ketdi. O‘sha o‘yinda ham ajoyib vaziyatda edik, bugungi o‘yinda ham yaxshi o‘ynadik. Biz harakat qildik va taslim bo‘lmadik. Aynan shuning uchun biz ikki marta ketma-ket chempionatni yutganmiz. Biz doim oxirgacha kurashamiz.

Bunday o‘yinni APL muxlislariga ko‘rsatish ikki jamoa uchun ham g‘urur.”, -deydi murabbiy.

Manba: Sky Sports
Kiritildi: 10:35, 11.11.2019.
O'qildi: 4807 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик