Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

O‘zbekiston - Falastin. O‘yin oldidan muxlis mulohazasi

O‘zbekiston - Falastin. O‘yin oldidan muxlis mulohazasi

Baho:
+2 | -2

Saudiyaliklardan uchralgan mag‘lubiyatdan hali o‘zlariga kelib ulgurmagan muxlislar bu safar Falastin haqida o‘ylashlariga to‘g‘ri keladi. Yuqorida nega aynan muxlislar deb ta’kidlaganimni tushungan bo‘lsangiz kerak, chunki o‘yinchilar va futbolga aloqador shaxslardanda ko‘ra jonkuyar — bu muxlislar. 14 noyabr “Paxtakor” stadionini “yondirib” bergan muxlislar bu alohida mavzu, mayli bu haqida keyinroq to‘xtalamiz.

Bugun 19 noyabr O‘zbekiston terma jamoasi saralashdagi navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi, bu safargi "o‘ljamiz" futboli “uchish”ni boshlayotgan Falastin. Yodingizda bo‘lsa kerak, birinchi davradagi "tasodifiy" mag‘lubiyatimizga aynan ushbu terma jamoaning sa’y-harakatlari sabab bo‘lgandi. Bahona esa sun’iy qoplamali maydon. Bu safar-chi,ko‘ramiz ...!

Bugun stadion to‘lmasligi mumkin. Saudiya bilan o‘yindan oldin, yaxshi niyatlar ila bira to‘la Falastinga ham chipta olganlar, kuyib qolmaslik uchun kirishlari mumkin bo‘lsa, bugungi o‘yin uchun shu paytgacha yana besh mingta chipta sotilgan. Jami 8 ming atrofida chiptalar sotilgani haqida ma’lumotlar bor. Qisqa qilib aytganda, bu safar muxlislarning aksariyati bevosita oynayi jahon orqali o‘yinni kuzatib borishadi.

Baribir muxlisligimga boramanda, yana fikrlarim muxlislar bilan qorishib ketmoqda. Keling, bugungi o‘yin haqida gapiray. Terma jamoa ichki muhiti suv quyganday jim-jit, kayfiyatlar a’lo, keraksiz Krimesni hisobga olmasak hech kimni jarohat bezovta qilmayapti. Falastinning murabbiy-u shogirdlarida ham hammasi joyida, menimcha keragidan ham ortiqroq. Demak, hammasini soat 17:00 dan 19:00 gacha bo‘lgan vaqt hal qiladi. Tan olib aytaylik, bugun yaqqol favoritmiz, shundan kelib chiqib aytsak, bugun kamida yirik hisobdagi g‘alabani kutishga haqqimiz bordir, axir... Lekin tanganing ikkinchi tomonini olib qarasak, taxminan yurtida siyosiy ziddiyat bo‘layotgan Falastin ham bugun osonlikcha mag‘lubiyatni sovg‘a qilish uchun Toshkentga kelmagan. Mantiqan olib qarasak, faqat g‘alaba kerak ularga ham. Qani kutaylikchi, bir gap bo‘lar.

Qisqa qilib aytsam, barcha mutassaddilar revansh vaqti keldi, muxlislar oldidagi qarzimizni uzamiz deya baralla gapirmoqda. Bunga haqli albatta. Biz muxlislar nima ham qilardik. Kutamiz...

O‘yindan so‘ng biz yana qaytamiz...

Olg‘a, O‘zbekiston!

Ibrohimov Isroiljon
Muxlis.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:32, 19.11.2019.
O'qildi: 5767 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик