Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-1 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Bahrom Norsafarov: «CAFA U-23 Women’s Championship-2019» musobaqasida mazmunli o‘yin namoyish etishga urinamiz

Bahrom Norsafarov: «CAFA U-23 Women’s Championship-2019» musobaqasida mazmunli o‘yin namoyish etishga urinamiz

Baho:
+ | -

Oldin xabar berganimizdek, ertadan Tojikistonda “CAFA U-23 Women’s Championship-2019” musobaqasi start oladi.  Unda O‘zbekiston,  Afg‘oniston,  Eron,  Qirg‘iziston,  Tojikiston hamda Turkmaniston olimpiya terma jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.

Bugun musobaqa oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ustozi Bahrom Norsafarov quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:

"OFK, CAFA (MOFA) hamda mezbon Tojikistonga bunday musobaqa tashkil etilayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bizda yaqindagina milliy chempionat yakunlandi. Futbolchi qizlarimiz ayni damda yomon sport formasida emas. Faqatgina bir necha nafar muhim o‘yinchilarimizning jarohat olishgani biroz dilni xira qiladi. Lekin biz musobaqaga olib kelgan 18 nafar futbolchi qizlarning aksariyati, shuningdek, bir vaqtning o‘zida milliy terma jamoamiz a’zolari ham hisoblanishadi. Qolaversa, tarkibimizda U-19 terma jamoamiz a’zolari ham bor. Ularga ushbu turnirda o‘zlarini ko‘rsatish imkoniyatini taqdim etamiz. Raqiblar haqida gapiradigan bo‘lsam, qo‘shni mamlakatlar terma jamoalari bilan yaqindagina Qirg‘izistonda o‘tgan "Umid kubogi"da to‘qnash kelgan edik. Endi ushbu musobaqada ham chiroyli va muxlislarga manzur bo‘ladigan o‘yin namoyish etishga urinamiz", - dedi mutaxassis.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:41, 21.11.2019.
O'qildi: 3423 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик