Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

AGMK Qo‘qonda g‘alaba qozondi

AGMK Qo‘qonda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Superligada qolish uchun kurash olib borayotgan "Qo‘qon-1912" 24-tur doirasida o‘z uyida AGMKni qabul qildi.

Ushbu uchrashuv har ikki jamoa uchun muhim ahamiyat kasb etardi. Buni anglab turgan futbolchilar ilk daqiqalardanoq hujumkorlikka zo‘r berishdi. Uchrashuvni mezbonlar shiddatli tarzda boshlashdi.

22-daqiqada Murod Xolmuhammedovning jarimadan yo‘llagan kuchli zarbasini raqib posboni katta qiyinchilik bilan bartaraf etdi. 26-daqiqada mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Qanotdan oshirib berilgan to‘pni Zafar Polvonov darvozamizga aniq yo‘lladi. Oradan 3 daqiqa o‘tib olmaliqliklar ikkinchi to‘pni kiritishdi. Burchak zarbasidan so‘ng Mirjamol Qosimov hisobni 0:2 holatiga keltirib qo‘ydi.

Goldan keyin katta kuch bilan oldinga tashlangan qo‘qonliklar raqib darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlarni vujudga keltirishdi. Ana shunday hujumlarning biri 35-daqiqada Suhrob Berdiyev tomonidan amalga oshirildi. Berdiyevning zarbasini darvozabon qaytardi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida raqib darvozasi oldida bosimni kuchaytirgan mezbonlar hisobni qisqartirishga yaqin kelishgan edi. Avvaliga darvoza ustuni, keyingi safar himoyachi darvoza chizig‘idan to‘pni qaytardi. Shaxboz Erkinov zarba yo‘llagan edi. Tanaffusga jamoalar shu hisobda chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limni vodiyliklarni shiddat bilan boshlashdi. 46-daqiqada Quvondiq Ro‘ziyevning bosh bilan bergan zarbasi biroz yuqoridan ketdi. 55-daqiqada Hojimat Erkinovning pasidan so‘ng Shahboz Erkinov darvozaga zarba yo‘lladi. Darvozabon katta qiyinchilik bilan qaytardi. Bugun olmaliqliklar posboni Suhrob Sultonov ajoyib o‘yini bilan jamoasiga yordam berdi. 69-daqiqada himoyadagi qo‘pol xatodan keyin olmaliqliklar hisobni yirik ko‘rinishga keltirishdi. Elguja Grigalashvili "sovg‘a"dan unumli foydalandi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada Quvondiq Ro‘ziyev hisobni biroz qisqartirdi. Shu tariqa, AGMK g‘alaba qozonib, o‘z ochkolarini 29taga yetkazdi. Mirjalol Qosimov jamoasi ushbu mavsumda Superligada qolish vazifasini uddalab bo‘ldi.

Coca Cola superliga, 24 tur
"Qo‘qon-1912" - AGMK – 1:3 (0:2)
Gollar: Quvondiq Ro‘ziyev (90+2). - Zafar Polvonov (26), Mirjamol Qosimov (29), Elguja Grigalashvili (69).
“Qo‘qon-1912”: 33. Muzaffar Abdullayev, 7. Jamshid Hasanov, 10. Quvondiq Ro‘ziyev, 17. Jahongir Ahmadov (11. Timur Hakimov – 70), 19. Suhrob Berdiyev, 20. Iqboljon Malikjonov (5. Xojimat Erkinov - 46), 22. Shahboz Erkinov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 27. Jasurbek Yoqubov, 65. Marko Milich (15. Oybek Rustamov – 77), 70. Murod Xolmuhammedov.
AGMK: 32. Suhrob Sultonov, 3. Erkin Boydullayev, 4. Mirjamol Qosimov (30. Jasur Umarov – 71), 5. Dilshod Jo‘rayev, 7. Elguja Grigalashvili, 9. Zafar Polvonov (15. Jasur Hakimov – 82), 20. Mirg‘iyos Sulaymonov, 31. Saydullo Rahmatov, 33. Sardor Rahmonov, 88. Igor Zonich, 97. Jasur Yaxshiboyev (11. Zoxir Pirimov – 56).
Hakamlar: Sherzod Qosimov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Doston Rahmonov.
Nazoratchi: Marat Ismoilov.
Komissar: Shohrux Said.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:39, 23.11.2019.
O'qildi: 1851 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик