Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

VAR tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

VAR tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, kecha poytaxtimizdagi “Paxtakor” stadionida O‘zbekiston Liga kubogi-2019 final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

“Paxtakor” va AGMK klublari o‘rtasida kechgan uchrashuvda O‘zbekiston futboli tarixida ilk bor VAR tizimi offlayn tartibda sinovdan o‘tkazildi. Belgiyaning EVS kompaniyasi mutaxassislari yurtimizga tashrif buyurib, VAR tizimini o‘rnatishda va sinovdan o‘tkazishda yaqindan ko‘mak berdi.

Bugun esa ushbu kompaniya mutaxassislari Superliga klublari rahbarlari, stadionlar direktorlari, Sport telekanali vakillari, O‘zbekiston chempionati uchrashuvlarini boshqarib boradigan hakam hamda nazoratchilar uchun VAR tizimi ishlash jarayoni bo‘yicha seminar o‘tkazdi.

Unda belgiyalik mutaxassislar tomonidan mazkur zamonaviy tizimni yo‘lga qo‘yishda e’tibor qaratish lozim bo‘ladigan jihatlar, bunga qadar VAR tizimi joriy etilgan mamlakatlar tajribasidan unumli foydalanish, VAR tizimining ijobiy jihatlari, ushbu tizimdan samarali foydalanishda operator va hakamlarning ahamiyati bo‘yicha zarur ko‘nikmalar taqdim etildi. Kunning birinchi yarmida asosan VAR tizimini ishga tushirish, buning uchun stadionlarda zarur shart-sharoitlarni yaratish, tashkiliy masalalar muhokama etildi. Bunda klublar vakillari, stadionlar direktorlari, qolaversa Sport telekanali xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi.

Kunning ikkinchi yarmida esa EVS kompaniyasi mutaxassislari hakam hamda nazoratchilarga bevosita VAR tizimining ishlash tartibi, uchrashuv davomida VARdan oqilona foydalanishning yo‘l-yo‘riqlari, bunda yetakchi ligalar amaliyotidan qilingan xuloslar borasida zarur ko‘nikmalar bilan o‘rtoqlashishdi.

Seminarda bevosita ishtirok etgan O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov yurtimizda mazkur tizimni yo‘lga qo‘yish uchun oldinda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar talaygina ekanini aytib o‘tdi:

- Mamlakatimizda 2019 yilgi futbol mavsumi kecha rasman yakuniga yetdi. Lekin biz futbol mutaxassislari bugundanoq keyingi mavsum haqida o‘ylab, tayyorgarlik jarayoniga kirishishimiz kerak. VAR joriy etilishi bo‘yicha qilinishi zarur bo‘lgan ishlarni aniqlab oldik. Qolaversa, bunday katta tarkibda bugun ilk bora yig‘ilganimiz bejizga emas. Endi O‘FA va PFL mutaxassislari, klublar vakillari, stadionlar rahbarlari hamda Sport telekanalining futbol translyasiyalarida ishlovchi ijodiy va texnik guruh vakillaridan iborat ishchi guruh tuzamiz hamda Respublikamizdagi stadionlarga borib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, VAR kameralari o‘rnatilishi uchun maxsus joylar hozirlash va umuman VAR faoliyati uchun zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha ishni boshlaymiz, - deya ta’kidladi O‘FA Birinchi vise-prezidenti.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 15:56, 05.12.2019.
O'qildi: 2964 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.