Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

RPLning eng omadli transferlari

RPLning eng omadli transferlari

Baho:
+ | -

"Rostov" jamoasi "Bunyodkor" klubidan Eldor Shomurodovni atigi 400 ming evro harid qiladganidan xabaringiz bor. Hozirda Eldorning transfer qiyiati 10 barobardan oshib ketdi. Bundan tashqari uning klub g‘alabalariga qo‘shayotgan xissasi ham ulkan. Bugun RPLdagi shunga o‘hshash eng omadli transferlar bilan tanishtirib o‘tamiz

Milosh Krasich

Serbiyalik yarim himoyachi «armiyachilar» safiga 2004-yilda «Voyvodina» klubidan 2,25 million yevro evaziga o‘tganida, uning kelajagi bu darajada porloq bo‘lishini hech kim tasavvur ham qilmagan bo‘lsa, ajab emas. Qaxramonimiz 6 yil davomida «SSKA»ning almashtirib bo‘lmas futbolchisiga aylanadi. O‘zining ilk mavsumidayoq Rossiya futboli tarixidagi ilk «UEFA kubogi»ni qo‘lga kiritadi. Shuningdek, ikki bor chempionatning oltin medallari va 4 bor mamlakat kubogiga ega chiqadi. 2008/09-yilgi mavsumda Krasich o‘zining eng yaxshi mavsumini o‘tkazadi. Chempionat davomida 9 bor darvozalarni ishg‘ol qilgan yarim himoyachi 9 ta assistga ham ega chiqadi. Keyingi mavsumda esa, YCHL guruh bosqichida 4 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ladi va o‘sha yili Serbiyada yil o‘yinchisi deb e’tirof etiladi. 2010-yilda bo‘lib o‘tgan JCHda ishtirok etgan Milosh avgust oyida «Yuventus» futbolchiga aylanadi. «SSKA» esa, uning transferidan 15 million yevro ishlab olishga muvaffaq bo‘ladi.

Kvensi Promes

Gollandiyalik hujumchining transferi Moskvaning «Spartak» klubi uchun 11 millio yevroga tushgan bo‘lsada, ushbu transferi o‘zini to‘liq oqladi desak, adashmagan bo‘lamiz. Hujumchi o‘zining ilk mavsumidayoq gol kiritishni boshlab yuboradi. 4 yil davomida «Spartak» safida 100 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan hujumchi 65 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishga va 33 bor jamoadoshlari uchun golli vaziyat yaratib berishga muvaffaq bo‘ladi. «Spartak»ning chempionligi uchun katta ulush qo‘shgan hujumchi Yevropaning top jamoalari e’tiborini torta boshlaydi. 2018/09-yilgi mavsum boshida Moskva klubi hujumchini «Sevilya»ga 21 million yevroga sotib yubordi.

Dani

Moskvaning «Dinamo» jamoasidagi o‘yinlari bilan barchaning e’tiboriga tushadi. Uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng, «Zenit» futbolchini 30 million yevro evaziga harid qiladi. Avvaliga muxlislar tomonidan tanqidga uchragan transfer o‘zini to‘liq oqladi. 9 yil davomida portugaliyalik futbolchi o‘z transferini to‘liq oqladi. O‘zining ilk uchrashuvidayoq «UEFA super kubogi»da g‘alaba to‘pini kiritgan Dani barchaning e’tiborini o‘ziga qaratadi. O‘zining Piterdagi faoliyati davomida futbolchi klubning ijodkor o‘yinchisi sifatida ajralib turdi. Yillar davomidagi ishonchli o‘yinlari sababli sardorlik bog‘ichiga ham munosib ko‘rilgani tahsinga sazovor. 3 bor RPL chempioni va 2 bor kubok egasiga aylangan futbolchi erkin agent sifatida Chexiyaning «Slaviya» klubiga o‘tib ketdi.


Xalk

2012-yilda Xalk kutilmagan qarori bilan barchani xayratda qoldirdi. Yevropaning grand jamoalari taklif etgan shartnomalardan voz kechgan braziliyalik futbolchi «Zenit» libosini kiyishga qaror qiladi. 50 million yevroga harid qilingan Xalk tufayli RPLga bo‘lgan qiziqish ham ortib ketadi. Qahramonimiz 4 yil ichida 55 ta gol va 60 ta assistga mualliflik qiladi va ichki birinchilikdagi barcha musobaqada g‘olib chiqadi. Uning uzoq masofadan kiritadigan gollari muxlislar tomonidan iliq qabul qilinar, u haqida o‘yin davomida qoshiqlar kuylanar edi. To‘g‘ri, «Zenit» futbolchi uchun katta pul sarfladi, biroq uning transferidan yaxshiga ishlab olishni ham uddaladi. 2016-yili Xitoyning «Shanxay SIPG» klubiga 56 million yevro evaziga transfer qilingan hujumchi Rossiya futbolidagi ushbu omil borasidagi rekordni yangiladi.


Vagner Lav

Rossiya futboli tarixidagi eng yaxshi transferlardan biri sifatida tarixda qolgan Vagner Lavni ushbu ro‘yxatga qo‘shmaslikning iloji yo‘q edi.  2004-yilda Braziliyaning «Palmeyras» jamoasidan 6,2 million evaziga harid qilingan hujumchi qisqa vaqt ichida jamoaning ajralmas bo‘lagiga aylanadi. O‘zining  ilk mavsumidayoq UEFA kubogida g‘olib chiqqan Lav uzoq vaqt davomida klub sharafini himoya qiladi va 14 ta sovringa ega chiqadi. O‘z faoliyati davomida RPLning eng yaxshi to‘purariga aylangan Lav 120 ta gol kiritibgina qolmay, 110 bor golli uzatmani amalga oshiradi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 11:46, 06.12.2019.
O'qildi: 5624 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.