Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa 3-0 Kalyari
30/04 00:00 Barselona 4-2 Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Fergyuson yoki Habib? Konor kim g‘olib chiqishini aytdi

Fergyuson yoki Habib? Konor kim g‘olib chiqishini aytdi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Intervyular

Fergyuson yoki Habib? Konor kim g‘olib chiqishini aytdi
Kelasi yilning aprel oyida bo‘lib o‘tishi ko‘zlanayotgan Habib Nurmagamedov va Toni Feryuson o‘rtasidagi jang haqida turli tahminlar ko‘payganidan-ko‘payib bormoqda. Xo‘sh ulardan qay biri g‘oliblikni qo‘lga kiritadi? Bugun taniqli UFC jangchilari tomonidan ushbu savolga berilgan javoblarni ye’tiboringizga havola yetamiz.

Aleksandr Shlimenka

Toni Habibga qarshi jang o‘tkazishga yeng munosib raqib desam, adashmagan bo‘laman. U bu janggi qadar katta va og‘ir yo‘lni bosib o‘tdi. O‘z vaznidagi deyarli barcha kuchli jangchilarni mag‘lubiyatga uchratdi. U chempionlik janggiga haqili. Amerikalik sportchi Habibning avvalgi raqiblaridan ancha havfli. Xatto Konor va Dastindan ham kuchliroq. Shunga qaramay, Habib men uchun bu jangda g‘oliblik uchun asosiy da’vogar bo‘lib qolaveradi. Jang g‘olibi katta yehtimol bilan ochkolar farqli orqali aniqlanadi va jangchilar barcha raundlarda faollik ko‘rsatishadi. Toni o‘zining tirsaklari bilan yo‘llaydigan zarbalariga urg‘u berishi aniq. Bu yesa, Habibga qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. Toni qanchalar parterdan qochmasin, jang toliq Habibning rejasi asosida o‘tishiga ishonchim komil.

Dastin Porye

Agarda ushbu jang 10 bor o‘tkazilsa, Habib 8 bor g‘alaba qozonishiga aminman. Bu fakt! Xatto Habib Tonini muddatidan avvalroq mag‘lub yetishi ham hech gap yemas. Uning kurashdagi harakatlari ajoyib. U jang davomida istagan daqiqada o‘zining asl qudratini ko‘rsatgan holda raqibini taslim qilishga qodir. To‘g‘ri, Fergyusonda ajoyib zarba mavjud va u ham o‘z ustunligidan foydalanishga harakat qiladi. Shndya yekan, unda ham kichik bo‘lsada imkoniyat mavjud.

Kevin Li

Bu aniq juda og‘ir jang bo‘ladi. Buni barcha sezib turibdi. Habibgning Dubaydagi jangi oldidan Toni istalgan raqibni “chaynab” tashlaydi degan yedim. Yendilikda bu boradagi qarashlarim biroz o‘zgardi. Men jangda Habibning qo‘li baland kelishini tahmin qilaman.

Maykl Chendler

Habib va Toni yangi darajaga ko‘tarilgan jangchilar. Tog‘ri, Toni jismonan baquvvat va sira charchab qolmaydi, lekin Habib kurash maktabini bitirgan chinakam gladiator. Agarda siz unga qarshi jangda parter holatiga tushib qolsangiz, muammolaringiz ko‘payganini darrov sezasiz. U istalgan raqibini o‘z musiqasiga raqsga tushishga majbur qila oladi. Agarda tanlovni amalga oshirish kerak bo‘lsa, men Habibni tanlayman. Shunga qaramay, Tonini chetga surib tashlash ham adolatdan yemas.

Feraz Zahavi

Ushbu jangda g‘olib chiqqan jangchi barcha davrlarning yeng kuchli yengil vazndagi chempioni sifatida tarixda qoladi. Katta yehtimol bilan jang ikki bor o‘tkaziladi. Birinchisidan so‘ng, yengilgan raqib revansh talab qilishi aniq. Menimcha ular o‘rtasidagi ikkinch jang UFC tarixida yangi sahifani ochib beradi. Ushbu to‘qnashuvlarning ikkisida ham rossiyalik jangchining qo‘li baland kelsa kerak. Yana kim biladi deysiz?!

Konor Makgregor

Juda qiyin tanlov. Ochig‘I, Habibning g‘alaba qozonishi haqiqatga yaqinroq. Bu jang barchada katta qiziqish uyg‘otishi turgan gap. Ushbu to‘qnashuvda g‘olib chiqqan sportchi ko‘p o‘tmay men bilan to‘qnash kelishdan boshqa chora topa olmaydi. Menimcha, jang Habibning g‘alabasi bilan yakunlanadi. To‘g‘ri, Toni kuchli jangchi. U yiqilsada, darrov o‘rnidan turadiganlar sirasiga kiradi. U jang davomida umuman charchamaydi, lekin men Habibni tanlayman.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:49, 07.12.2019.
O'qildi: 14192 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.