Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

Antonio Konte: "Barselona"ga qarshi uchrashuvda tarkibimizda o‘zgarishlar bo‘ladi”

Antonio Konte: "Barselona"ga qarshi uchrashuvda tarkibimizda o‘zgarishlar bo‘ladi”

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Italiyaning "Inter" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte YECHL doirasida "Barselona" klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Guruhning so‘nggi uchrashuvida keyingi bosqichga chiqish uchun kurash olib borayotganimizdan faxrlanamiz. So‘nggi paytlarda jamoa ko‘p o‘yin o‘tkazdi, o‘ylaymanki, sezilarli o‘sishga erishdik. Birinchi uchrashuvda “Barselona”ga qarshi yaxshi o‘yin namoyish etgandik, o‘sha bahsda “Barsa” ma’lum muddat ustunlikka erishgan holda g‘alaba qozongan edi.

Jarohatlar sabab tarkibimizda yo‘qotishlar bor, shu bois, birinchi uchrashuvimizdagi tarkibimizga qaraganda bugun o‘zgartirish kiritishga majburmiz. Raqibning kuchli futbolchilariga qarshi yakka kurashlarda imkoniyatni boy bermasligimiz uchun va raqib hujumlari keskinligini kamaytirish uchun jamoani tayyorladim.“Barselona”ning kombinasion o‘yinlariga osonlikcha taslim bo‘ladi deb o‘ylash bema’nilik. Ammo, biz dadil o‘ynashimiz, himoyada ishonchli o‘ynish namoyish etishimiz va raqib yaratadigan muammolarga tayyor turishimiz kerak", - dedi Konte UEFA rasmiy saytiga.

Kiritildi: 09:59, 10.12.2019.
O'qildi: 3462 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.