Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

G‘ayrat O‘dayev: «Xorazm futboli xomiy va e’tiborga muhtoj»

G‘ayrat O‘dayev: «Xorazm futboli xomiy va e’tiborga muhtoj»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, A PRO-Ligada mavsum yakuniga yetib, ishtirokchi jamoalar ta’tilga chiqishdi. "Xorazm" jamoasi sardori, tajribali posbon G‘ayrat O‘dayev bilan bog‘lanib, intervyu tashkil etdik. Quyida mazkur intervyuning to‘liq matni bilan tanishishingiz mumkin.

- G‘ayrat aka, sizning fikringizcha joriy mavsum qanday o‘tdi?

- Bu yilgi A PRO-Liga bahslari juda qiziqarli tarzda o‘tdi. Ayrim jamoalarni hisobga olmaganda ishtirokchi klublarning darajasi bir-biriga yaqin edi. Masalan 5-6 jamoa o‘rtasida raqobat juda kuchli tarzda kechdi. Ayrim jamoalar bilan o‘yinda uyda bo‘lsin, yoki safarda g‘alaba qozonish juda qiyin bo‘ldi. Ba’zi jamoalar bilan o‘yinlarda esa jamoalar o‘rtasidagi farq yaqqol ko‘zga tashlanib qoldi.

Jamoalarning muntazam ravishda yuqori darajada o‘yin tashkil etishi baribir moliyaviy imkoniyatga bog‘liq, ya’ni mablag‘ kerak albatta. "Xorazm" jamoasining joriy mavsumda imkoniyati yuqori darajada edi deb ayta olmayman, chiziqlarda raqobat kuchli emasdi. Ya’ni biron bir futbolchi jarohat olsa yoki diskvalifikasiyaga uchrasa, o‘rnini to‘ldiradigan futbolchilarimiz yosh va tajribasiz edi. Shunday bo‘lsada, jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman, ular mavsum davomida maydonda borlarini berib harakat qilishdi.

Muhimi bu yilgi A PRO-Liga bahslari haqiqatdan ham qiziqarli o‘tdi. G‘oliblik uchun kurashgan jamoalarni darajasi bir-biriga yaqin edi. O‘zingiz ham ko‘plab o‘yinlarimizni kuzatib borgansiz, yutqazgan o‘yinlarimizda bizdan omad yaqqol yuz o‘girdi. Hech bir uchrashuvda raqiblarimizdan kuchsiz o‘yin ko‘rsatmadik. Aytaylik, Superligada "Paxtakor" jamoasining darajasi boshqalaridan yaqqol ajralib turdi. A PRO-Ligada esa bunday xolat kuzatilmadi, shu sababdan musobaqa qizg‘in tarzda o‘tdi deb ayta olaman.

- Eshitishimizga qaraganda, mavsum davomida "Xorazm" muxlislari jamoa futbolchilarini turli darajadagi sovrinlar bilan taqdirlashibdi..

- Ha bu to‘g‘ri. Xorazmda futbolsevar muxlislar juda ko‘p, ulardan juda minnatdormiz. Bilasizmi, muxlislarimiz o‘zlarining mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib jamoamiz futbolchilariga navbati bilan uchrashuvlardan so‘ng gilam sovg‘a qilishdi. Yutsak ham, yutqazsak ham, xatto safardagi uchrashuvlarga ham borib bizni qo‘llab-quvvatlab kelishdi. Agar "Xorazm" jamoasi Superligada o‘ynaydigan bo‘lsa, stadionimiz muxlislar bilan to‘lib toshishiga shubha yo‘q. Bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga jamoamiz a’zolari nomidan tashakkur izhor qilaman.

- "Xorazm" jamoasining yangi mavsum oldidan rejalari qanday?

Biz har doim o‘z oldimizga yuqori maqsadlarni qo‘yganmiz. Yangi mavsum oldidan ham rejalarimiz o‘zgarmaydi, doim oldinga intilamiz. O‘zbekistonda futbol jamoalari qish faslida mavsumoldi tayyorgarlikni olib borishadi. Agar bugundan mashg‘ulotlarni boshlash kerak bo‘lsa, biz tayyormiz. Bilasizmi, "Xorazm" klubining jamoa futbolchilaridan oylik maosh va mukofot pullari bo‘yicha to‘lanmay kelayotgan qarzdorligi mavjud. Jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Yejov asli xorazmlik, lekin ayni vaqtda Toshkent shahrida yashaydi. Murabbiyimizning Xorazmga kelib ketishi va bu yerda yashashi uchun mablag‘ zarur bo‘ladi. Xorazm futboli shu kabi masalalarda xomiy va e’tiborga muhtoj! Agar yaxshi sharoit yaratib berilsa, astoydil harakat qilib albatta Superligaga chiqamiz!

- Kelajakda G‘ayrat O‘dayevni murabbiy rolida ko‘rishimiz mumkinmi?

- Albatta, bunday rejalarim bor. Dastlab murabbiylik sohasida bilim va tajribalarimni mustahkamlash uchun harakat qilaman. Turli darajadagi jamoalarda yordamchi murabbiy sifatida ishlab, kelajakda albatta qaysidir jamoada bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borish niyatim bor.

- Rahmat sizga! Kelgusidagi faoliyatingizga ulkan zafarlar tilaymiz!



Timur Ibragimov suhbatlashdi

Kiritildi: 15:40, 10.12.2019.
O'qildi: 2553 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.