Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ukrainalik yangi yulduzlar

Ukrainalik yangi yulduzlar

Baho:
+ | -

Ayni damda siyosiy notinchlikka qaramay, Ukraina futbolida sezilarli darajadagi o‘sish kuzatilmoqda. Darhaqat, Ukrainaning yangi avlodi ko‘plab iqtidorli futbolchilarni taqdim etishda davom etayotgani quvonarli xolat. Bugun tez orada Yevropa grand klublarida ko‘rinish berishi kutilayotgan iqtodorli futbolchilar va ularning kelajagi borasida so‘z boradi.

Viktor Sigankov

 

UPLdagi eng iqtidorli futbolchilardan biri sanalmush Viktor so‘nggi ikki mavsumni juda yuqori tepmda o‘tkazdi. Yosh bo‘lishiga qaramay 37 ta gol va 23 ta assistga mualliflik qilgan “Dinamo Kiyev” futbolchisi, o‘tgan mavsumda Ukrainaning eng yahshi futbolchisi deb e’tirof etilgani ham tahsinga sazovor. O‘zining tezkorligi va kuchli zarbalari bilan muxlislar jo‘nglidan tezda o‘rin olgan Viktor nafaqat “Dinamo”da, balki Ukraina terma jamoasida ham Andrey Yarmolinkaning yo‘qligini bildirmayapti. Ikkita qanotda ham birdek faol o‘yin ko‘rsatuvchi Sigankov Ukraina birinchiligidagi eng qimmat futbolchi sanaladi. Transfermarket sayti futbolchini 20 million yevroga baholagan bo‘lsada, “Dinamo” o‘z yulduzini 40 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. O‘tgan mavsumda futbolchi bilan “Real Madrid” va “Tottenhem” jamoalari jiddiy qizib qolgan edi. Endilikda bu klublar safiga Italiyaning bir nechta o‘rtamiyona jamoalari qo‘shilmoqda.

Vitaliy Mikolenko

O‘tgan mavsum sarhisobiga ko‘ra, Ukrainaning eng yahshi yosh futbolchisi deb e’tirof etilgan Mikolenko atrofida ko‘plab jamoalar “o‘ralshib” qolganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Qanotda ha, markazda ham birdek ishonchli o‘ynay oladigan himoyachi jismonan baquvvat bo‘libgina qolmay, taktik ko‘rsatmalarni ham a’lo darajada bajarishi bilan tezda grandlar nazariga tushdi. “Dinamo Kiyev” jamoasi  himoyachi borasadi  bir nechta top klublardan takliflar olganini yashirib o‘tirmayapti. “Manchester Siti”. “Shalke”, “Fenerbahche” singari jamoalar futbolchi uchun 15-20 million atorifidagi summadan voz kechishga rozi, biroq Mikolenko ketishni istamayapti. Gap shundaki, Vitaliy kuchliroq birinchiliklarda to‘p surish borasidagi barcha takliflarni qit’a chempionatidan so‘ng ko‘rib chiqishini ma’lum qilgan. “Bombordir” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, Mikolenko “Milan” jamoasi nishonida turibdi. Agar Shevchenko sobiq jamoasini boshqarish uchun Milanga kelsa, ushbu transfer ortiqcha qiyinchiliksiz amalga oshishi kutilmoqda.

Nikolay Matviyenko

Doneskning “Shaxtyor” jamoasidagi o‘yinlari bilan ko‘pchilikka tanish bo‘lgan Matviyenko ham tez orada jamoasini o‘zgartirsa, ajab emas. Sovuqqon, baland bo‘yli himoyachi istalgan jamoani kuchaytirshga qodir desak, adashamgan bo‘lamiz. Ikkinchi qavatdagi kurashlarda deyarli yengilmaydigan himoyachi bejizga “Manchester Siti”ning transfer shortlistidan joy olmadi. 3 yoki 5 ta himoyachiga mo‘ljallangan taktikalarda ortiqcha qiyinchilisiz harakat qiluvchi Nikolay, kezi-kelganda tayanch yarim himoyachisi sifatida ham to‘p surishga qodir.

Ayni damda uning hizmatlari bilan nafaqat “Manchester Siti”, balki “Shalke” va “Atalanta” jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. Eng qizig‘I shundaki, Matviyekoning o‘zi Doneskdagi maoshidan kamroq maosh berishsa ham kuchliroq chemionatda o‘zini sinab ko‘rishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

Denis Popov

O‘tgan yili 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan Denis Popov ham UPLda uzoq qolib ketmasligi aniq. Himoyachi bo‘lishiga qaramay, Denis juda tajavuzkor futbol namoyish etadi va ikkinchi qavatda juda faol o‘yin namoyish etadi. Qisqacha qilib aytganda uni ukrainalik Serhi Ramos deb atashadi.

Darhaqiqat, o‘yin manerasi borasida Popov aynan Ramosni eslatib yuboradi. Agressiv va jismonan baquvvat bo‘lgani uchun istalgan to‘p uchun kurashga kirisha oladi. Ayni damda, himoyachi bilan Belgiyaning “Genk” klubi jiddiy qiziqib qolgan va uning transferi tahminan 7 million yevro atrofida baholanmoqda. Bundan tashqari, “Dinamo Kiyev” himoyachisi uchun Bundesliganing bir nechta o‘rtamiyona jamoalaridan ham takliflar mavjud.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 05:42, 21.12.2019.
O'qildi: 4366 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.