“Valensiya” “Milan” yarim himoyachisi Lukas Paketa uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Italia OAV xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, “ko‘rshapalaklar” futbolchi uchun PSJ bilan raqobatlashishga tayyor. “Rossonerilar” 22 yoshli futbolchini 30-35 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Paketa “Milan” safida 13ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta golga assistentlik qilgan.