Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Farruh Sayfiyev: «Yangi mavsumda o‘tgan safargi xatolarga yo‘l qo‘ymaymiz»

Farruh Sayfiyev: «Yangi mavsumda o‘tgan safargi xatolarga yo‘l qo‘ymaymiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Bugungi futbol oqshomidan so‘ng, yilning eng yahshi futbolchilaridan tashkil topgan ramziy terma jamoadan o‘rin olgan Farruh Sayfiyevni suhbatga tortdik.

Bu sovrinni qanchalar kutgan edingiz?

– Avvalo Assalomu Alaykum. Barchani kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabriklayman. Sovrinni qo‘lga kiritishimni orzu qilgan edim va bunga erishdim. Avvalo ushbu yutug‘imda jamoadoshlarimning hizmatlari ulkan. Fursatdan foydalanib, jamoadoshlarim va murabbiylarimga o‘z minaddorchiligimni bildirmoqchiman.

«Paxtakor»ning ichki birinchilikdagi muvaffaqiyatli yurishi nima bilan bog‘liq?

Avvalo kuchli va shakillangan jamoa bo‘lganimiz uchun barcha kuboklarni yutib oldik deb hisoblayman. Shuningdek, bu mavsumda omad ham to‘liq biz tomonimizda bo‘ldi.

Nima deb o‘ylaysiz, «Paxtakor» shu ko‘rinishida ham OCHL bahslarida g‘oliblikka da’vogarlik qilishi mumkinmi?

- O‘tgan mavsumdagi o‘yinlarimizga e’tibor beringda, biz Eron chempioni bilan mehmonda durang o‘ynadik va Toshkentda g‘alaba qozondik. Saudiya klubini ham Toshkentda mag‘lub qildik. Xavining jamoasi bilan qanday o‘yin ko‘rsatganimizni barcha ko‘rdi. Mehmondagi ikkita uchrashuvda so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gollar evazigagina guruhda qolib ketdik. Bizga konsentrasiya yetishmadi. Bu mavsumda o‘tgan safargi xatolarga yo‘l qo‘ymasak, guruhdan chiqishimiz uchun imkon bor.

Jamoa ichki birinchilikda trebl qayd etgach, xalqaro uchrashuvlarda yahshiroq natija ko‘rsatishga majbur. Bu fikrimga qo‘shilasizmi?

- Qaysidir ma’noda qo‘shilaman. Endilikda yurtimiz sharafini munosib himoya qilish vazifasi zimmamizda turibdi. Shunday bo‘lsada, treblning o‘ziga hos plyus tomonlari ham mavjud. Bu jamoamiz futbolchilarining o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchining yanada oshishiga hizmat qiladi. Shunday ekan, kelasi mavsum OCHL bahslarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga harakat qilamiz.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:46, 24.12.2019.
O'qildi: 2023 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик