Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Umid Nurafkan: «O‘zbekiston qarshi hujumda kuchli o‘ynaydi»

Umid Nurafkan: «O‘zbekiston qarshi hujumda kuchli o‘ynaydi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yana ikki haftadan keyin boshlanadigan Osiyo chempionatida o‘z ishtirokini boshlaydi. Lyubinko Drulovich shogirdlari guruh bosqichida Eron, Janubiy Koreya va Xitoy bilan bir guruhdan joy olishgan. Olimpiyachilarimiz 9 yanvar kuni Eronga qarshi bahs bilan musobaqani boshlashadi.

Eron olimpiya terma jamoasi yarim himoyachisi Umid Nurafkan www.persianfootball.com saytiga bergan intervyusida O‘zbekistonga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Maqsadimiz — Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Bu maqsadga erishish uchun avvalo dastlabki o‘yin haqida o‘ylashimiz kerak. Musobaqaning birinchi bahsida O‘zbekistonga qarshi maydonga chiqamiz.

Musobaqada dastlabki o‘yin hamisha muhim hisoblanadi. Buni jamoadoshlarimga ham aytdim. Bu o‘yinni intizorlik bilan kutyapmiz. Biz o‘z oldimizga ulkan maqsadlar qo‘ygan jamoamiz. Qahramon bo‘lish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

O‘zbekiston, Janubiy Koreya va Xitoy — yaxshi jamoalar. O‘zbekiston qarshi hujumda juda kuchli va bu jamoa safida kuchli hujumchilar bor. Shuningdek, Koreya va Xitoy tezkor futbol namoyish qilishini kutyapmiz. Shu bilan birga, ular ham Eron haqida yaxshi ma’lumotga ega", — dedi Nurafkan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:18, 25.12.2019.
O'qildi: 8290 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик