Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

APL. «Tottenxem» «Boxing Day»ni qiyin g‘alaba bilan boshladi (videosharh)

APL. «Tottenxem» «Boxing Day»ni qiyin g‘alaba bilan boshladi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya chempionatida "Boxing Day" boshlandi. Premyer-ligasining 19-turidan o‘rin dastlabki o‘yinda "Tottenxem" o‘z uyida "Brayton"ni qabul qilib, qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Birinchi bo‘limda ustunlik maydon egalari tomonida bo‘ldi. Rayan Sessenyon o‘yin boshida yakkama-yakka vaziyatda darvoza ustunini nishongan olgan bo‘lsa, Xarri Keyn tomonidan urilgan gol ofsayd tufayli bekor qilindi (VAR yordamida). Mehmonlar esa 37-daqiqada hisobni ochishdi. Jarimadan yetkazib berilgan uzatmani Uebster bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa "shporlar"ning hujumini Xarri Keyn gol bilan yakunlab, hisobni tenglashtirdi.

O‘yin tugashiga 18 daqiqa qolganida esa Oryening uzatmasidan keyin Dele Alli 12 metrlardan zarba berib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Oradan 4 daqiqa o‘tib "Brayton" hisobni tenglashtirishiga bir baxya qoldi. Aaron Muy tomonidan 13 metrlardan yo‘llangan zarba natijasida to‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi.

"Tottenxem" ushbu g‘alaba tufayli 29taga yetkazib, jadvalda 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Angliya chempionati, 19-tur
Tottenxem – Brayton 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 37 Uebster, 1:1 – 53 Keyn, 2:1 – 72 Alli.
Tottenxem – Gassaniga, OrYE, Alderveyreld, Vertongen, Sanches, Alli, Lukas Moura (Dayer, 76), Sissoko, Sessenyon (Lo Chelso, 56), Uinks (Eriksen, 68), Keyn.
Brayton – Rayan, Bernardo (Trossard, 76), Bern, Daffi, Skelotto (Bissuma, 83), Stivens, Muy, Alsate, Gross, Uebster, Konnolli (Mope, 68).
Ogohlantirishlar: Bern (30), Uinks (36), Sanches (39), Gross (42), Lukas Moura (74), Sissoko (84).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:55, 26.12.2019.
O'qildi: 7014 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик