Transfer olamidagi yangiliklar
Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
“Barselona” albaniyalik futbolchiga qiziqib qoldi
Katoloniyaning “Barselona” jamoasi 22 yoshlik “Albasate” hujumchisi Rey Manayni kuzatishni boshladi. “Jismonan baquvvat va tezkor hujumchi Katoloniya klubi tomonidan qishki transfer oynasi chog‘ida sotib olinadi” deb xabar tarqatmoqda “Tribalfootball” nashri.
Unga ko‘ra, hujumchi jamoani tark etishi kutilayotgan Abel Ruisning o‘rinini aynan albaniyalik hujumchi bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rey ushbu mavsumni Ispaniyaning ikkinchi dvizioni sanaluvchi “Segunda”da o‘tkazmoqda. Hozircha qahramonimiz 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi va ikkita golni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
“Roma” argentinalik yulduzchani xarid qilmoqchi
Rimning “Roma” jamoasi sifatli markaziy himoyachi qidirishda davom etmoqda.
TMWnashri bergan axborotga ko‘ra, klub nishonida Argentinaning “Talyeres»jamoasi himoyachisi Fekundo Medina turibdi.
Qayd etib o‘tish koiz, Medina Janubiy Amerikaning bir nechta nashrlari tomonidan bir necha bor qit’aning eng iqtidorli futbolchisi deb e’tirof etib kelinmoqda.“Bo‘rilar” himoyachi uchun kurashishlariga to‘g‘ri keladi. Ayni damda Fekundo uchun ulardan tashqari “Benfika” va “Atletiko Madrid” jamoalari ham qiziqish bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli himoyachi ushbu mavsumda 13 ta uchrashuvda maydoga tushdi va birorta gol kiritishni uddalay olmadi.
PSJ “Yuventus”ning taklifini rad etdi
Turinning “Yuventus” jamoasi PSJ klubi yarim himoyachi Leandro Paredes borasidagi yuborilgan birinchi taklifga rad javobini oldi.
Taklifga ko‘ra, “Yuve” argentinlik futbolchini Emre Janga hech qanday qo‘shimcha pullarsiz almashtirmoqchi edi. Parijliklar o‘z futbolchisini Emre Janga almashtirishga rozi bo‘lishdi, faqat qo‘shimcha 15 million evroni qo‘lga kiritishsagina. Turin klubi PSJning javob taklifiga reaksiya bildirganicha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Parijliklar argentinalik futbolchini shu yilning yanvar oyida Rossiyaning “Zenit” klubidan 47 million yevro evaziga xarid qilishgan edi.
Pedro ortga qaytmoqchi
Londoning “Chelsi” klubi futbolchisi Pedro o‘z kelajagi borasidagi fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi.
Agarda “Barselona” meni o‘ziga chorlasa, hammasini tashlab ortga qaytishga tayyorman. Mavsum boshida Katoloniyaga qaytish imkonim bor edi, biroq vaziyat qolishimni taqozosi bilan Londonda qoldim.
“Hozircha barchasi qanday ko‘rinish olishini bilamayman. Mening “Chelsi” bilan tuzilgan shartnomam yil yakunida o‘z yakuniga yetadi. “Vest Hem”? Bilmadim. Shunisi ma’lumki, men o‘z faoliyatimdan zavq olyapman va futbol o‘ynash ishtiyoqimni yo‘qotganimcha yo‘q” – deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.
“Napoli” Xose Kalyexonga o‘rinbosar topdi
Italiyaning “Napoli” klubi yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Xose Kalyexonning o‘rnini Xitoyning «Dalyan-Ifan» jamoasida to‘p surayotgan Yannik Fereyra Karasko bilan to‘ldirmoqchi.
“Calciomercato” nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, “Napoli” sport direktori Kristiano Djuntoli bir necha bor futbolchining agenti bilan aloqaga chiqqan. Ayni damda belgiyalik futbolchining hizmatlatlariga Londonning “Arsenal” jamoasi ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Karasko Xitoy birinchiligining 25 ta o‘yinida ishtirok etdi va o‘z hisobiga 17 ta gol yozib qo‘ydi. Shuningdek, 7 golli uzatma berishga ham muvaffaq bo‘ldi.