Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Muxlislardan norozi Leau «Milan»ni tark etishi mumkin: Klub unga narx belgiladi

Muxlislardan norozi Leau «Milan»ni tark etishi mumkin: Klub unga narx belgiladi

Baho:
+ | -

«Milan» klubining portugaliyalik vingeri Rafael Leau yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Italiyaning mashhur Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.

Leau diskvalifikasiya sababli yakshanba kungi «Jenoa»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi va mavsumdagi so‘nggi o‘yinini 24 may kuni «Kalyari»ga qarshi o‘tkazadi. Shundan so‘ng u o‘z kelajagi borasida bir qarorga kelishi kerak. Insayderlarning fikriga ko‘ra, 7 yillik hamkorlikdan so‘ng futbolchi va klub o‘zaro xayrlashishga yaqin turibdi.

Transferga futbolchi va muxlislar o‘rtasidagi sovuqchilik sabab bo‘lmoqda. «Udineze», «Yuventus» va «Atalanta»ga qarshi so‘nggi o‘yinlarda o‘z stadionida hushtatakbozlikka uchragan Leau yaqin do‘stlariga mahalliy muxlislarning unga bo‘lgan munosabatidan qattiq xafa ekanini aytgan.

«Milan» rahbariyati ham endilikda futbolchini «dahlsiz» deb hisoblamayapti. Uning klub bilan 2028 yilning 30 iyunigacha shartnomasi bo‘lsa-da, jamoada qolishi katta so‘roq ostida. «Rossoneri» portugaliyalik yulduz uchun 50-60 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Shartnomadagi 175 million yevrolik tovon puli esa ayni damda futbolchining real bozor qiymatiga mos kelmaydi deb topilgan.

Joriy mavsumda Leau A Seriya doirasida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:53, 15.05.2026.
O'qildi: 581 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик