Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Diyor Imomxo‘jayev: «Pogbalar ivirsitayotgan atmosfera uchun prinsipial insonlar juda kerak»

Diyor Imomxo‘jayev: «Pogbalar ivirsitayotgan atmosfera uchun prinsipial insonlar juda kerak»

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Derbi Kaunti haqida eshitgansiz, u Real yoki Barselonadan qariroq ko‘hna klub. 2018 yilning 31 may kuni mana shu klubni Frenk Lempard murabbiy sifatida qabul qilib olgandi. U 2016 yilgi mavsumni Nyu-York siti klubida yakunlaganidan keyin Derbi Kauntining taklifigacha aytarli ish qilmayotgandi. Chelsi klubi afsonasi bugun o‘z suyukli jamoasini boshqarmoqda.

Ueyn Runi ham Lempard kabi okean ortida — Di Si Yunayted klubida to‘p surdi. Bugundan e’tiboran u Derbi Kaunti safida maydonga tushishi mumkin. Shartnoma yarim yilga mo‘ljallangan. Bilasizmi nima, Runi yarim yildan keyin Derbiga bosh murabbiy bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Bu esa uning Old-Traffordga qaytishi uchun navbatdagi qadam bo‘lardi.

Derbiga nima deysizmi? U Lempard bilan 4 yillik shartnoma tuzgandi. Natijada Chelsi o‘zining sobiq futbolchisini qaytarish uchun tovon to‘ladi. Bu kabi kompensasiyalar Runi yoki Lempardlarga to‘langan maoshlarni bemalol yopib ketadi. Qaytimiga esa bu yulduzlar Derbini britan nashrlarining old sahifasida ushlab turadi. Ularning familiyasi tushirilgan futbolkalar Derbining qolgan futbolchilari libosidan 10 marta ko‘proq sotiladi.

Lempard Chelsiga, Arteta Arsenalga qaytganida, nima uchun Runi MYUning bugungi bolalari burnini yerga ishqab yugurtirmasligi kerak? Pogbalar ivirsitayotgan atmosfera uchun prinsipial insonlar juda kerak chamamda.

Manba: Диёр Имомхўжаев телеграм канали
Kiritildi: 09:55, 03.01.2020.
O'qildi: 5575 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.