Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Gvardiola: “Liverpul"ga yetib olishning iloji yo‘q”

Gvardiola: “Liverpul"ga yetib olishning iloji yo‘q”

Baho:
+-1 | -

"Manchester siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Everton”ga qarshi uchravdan so‘ng, matbuot anjumanida bir nechta savollarga javob berdi. Ushu kichik intervyuni e’tiboringizga havola etamiz.

Pep Yaqindagina Aguyero “Liverpul”ga yetib olishning iloji yo‘q deb aytdi. Nahotki “Liverpul”ga yetib olishning iloji yo‘q?

Buning iloji Yo‘q. To‘g‘risi bu savolga har bir matbout anjumanida javob berishdan charchab ham ketdim. Ularga yetib olishning iloji yo‘q va bu haqida o‘ylab o‘tirmaslik kerak. Ayni damda “Liverpul” yetakchilik qilmoqda. Ulardan 14-17 ochko ortda qola turib birinchi o‘rinni egallash haqida bosh qotirishimiz mantiqqa ham to‘g‘ri kelmaydi. Yaxshisi keying o‘yinlarimizda sifatliroq to‘p surish haqida o‘ylaganimiz foydaliroq bo‘ladi. Mavsum so‘nggida iloji boricha eng baland nuqtada bo‘lish uchun harakat qilishimiz kerak. Shuningdek YECHL haqida ham bosh qotirishimiz shart. Keyingi mavsumni ham unutmaslik kerak. Bu mavsumda APLda g‘olib chiqmaslik barchasi tugaganini bildirmaydi. Bu mavsumdagi o‘yinlar kelasi mavsumga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishimiz uchun imkoniyat yaratib bermoqda. Umid qilamanki, keying mavsum yanada omadliroq chiqadi.

Pep agar siz g‘oliblikni “Liverpul”ga taqdim etib bo‘lgan bo‘lsangiz, qay yo‘sinda futbolchilarni ruhlantiryapsiz? Axir o‘tgan ikki mavsumda chemionlikni hech kimga bermadinglarku?

Eng zo‘r ruhiy dalda bu maydonda raqibdan yaxshiroq to‘p surish va tinimsiz g‘alaba qozonish. Man buni chinakam motivatsia desa bo‘ladi. Xatto o‘tgan mavsumda ham men ularni sovrin yutish ruhida tarbiyalamaganman. Yigitlarga iloji boricha yaxshiroq to‘p surish kerakligini uqtirganman xolos. Hozir keying raqiblarimiz haqida bosh qotiryapmiz.

Pep siz “Evrton”ga qarshi uchrashuv oldidan ikkita o‘yinda to‘p o‘tkazib yubormadingiz? Bu sizning uchun qanchalar muhim?

Eng muhimi maydonda yaxshi to‘p surish. Quruq g‘alabalar ham muhim, lekin bu yer APL. Bu musobaqada har qanday raqib o‘yin davomida o‘z imkoniyatlariga ega bo‘lishga qodir. Ular vaziyatlardan qanday foydalanishining bizga hech qanday aloqsi yo‘q. Shu sababli, quruq hisobda g‘alaba qozonishga u qadar katta ahamiyat bermayman. Muhimi o‘z falsafamizga tayangan futbolni namoyish etish.

“Sheffild”ga qarshi bahsdagi g‘alaba sizning APLdagi yuzinchi g‘alabangizga aylandi. Bu haqida nima deya olasiz?

Bu nafaqat mening balki butun “Manchester Siti”ning g‘alabasi. Bunday natija bilan klub infratuzilmasini faoliyat olib borayotgan barcha-barchani tabriklamoqchiman. Futbolchilarni ham. Biz 135 ta uchrashuvning 100 tasida g‘alaba qozondik. Qolgan 35 ta uchrashuvning nechtasida mag‘lub bo‘lganimizdan xabarim yo‘q, lekin bu ko‘rsatgich bilan faxrlansak arziydi. Bu ko‘rsatgich orqarli Angliyada faoliyat olib borgan boshqa kuchli murabbiylardan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldik. Buning uchun “Manchester Siti”da so‘nggi 4 yil davomida to‘p surgan barcha futbolchilarga o‘z minaddorchiligimni bildirmoqchiman. Biz Angliyaning grandlarini quvib o‘tishni uddaladik. Endilikda “Siti” “Liverpul”, “Manchester Yunayted”, “Everton” singari grandlardan ilgaralib ketgani tarixdan joy oldi. Bu esa, o‘z navbatida bizning 4 mavsum davomida nimalar qilganimizni ko‘rsatib beradi. To‘g‘riroq aytsam uch yarim yil. QIsqa fursat davomida o‘ta muhim bir nechta g‘alabalarni qo‘lga kiritdik. YECHLning hal qiluvchi bahslarida tarix yozganimizcha yo‘q. Barchasini biz uchun milimetr ofsayd yoki inobatga olinmagan gol hal etib qo‘yishi mumkin. APL bahslaridagi yuqori ko‘rsatgichlarga erishish uchun uzoq muddat davomida sifatli futbol o‘ynash talab etiladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:42, 03.01.2020.
O'qildi: 5761 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.