Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ronaldu qachon spirtli ichimlik ichgani va murabbiylik faoliyati to‘g‘risida fikr bildirdi (intervyu)

Ronaldu qachon spirtli ichimlik ichgani va murabbiylik faoliyati to‘g‘risida fikr bildirdi (intervyu)

Baho:
+1 | -

Portugaliyalik futbolchi yaqindagina o‘z kelajagi borasida ko‘pchilikni qiziqitirgan savollarga javob berib o‘tdi. Ushbu intervyuni e’tiboringizga havola etamiz.

Sen yaratgan CR7 brendi butun dunyoda keng ommalashganidan xabarimiz bor. Bu brendning jahon bozorida o‘z o‘rnini egallab borayotgani sen uchun qanchalar muhim?

Ayni damda mening dunyoyim bu futbol! Albatta, uning tashqarisidagi bo‘layotgan voqealar ham muhim. Endlikda men ishbilarmonman. O‘zingni boshqa sohalarda ham rivojlanayotganingni sezish yoqimli xolat. Insonlar menga boshqa tomondan ham baho berishlari mumkin va bu men uchun yoqimli xolat. Shunday bo‘lsada, brendimning naqadar taniqli bo‘lishi men uchun muhim emas. Eng muhimi futbol bo‘lib qolaveradi. Menimcha turli mashg‘ulotlarimni oddiy qabul qilishlari shart, sababi men o‘zgarganim yo‘q va o‘sha-o‘shaligimcha qolganman. Futbol va biznesni qorishtirib yubormaslik lozim. O‘zimni turli yo‘nalishlarda sinab ko‘rishim mumkin, biroq qanday bo‘lsam shundayligimcha qolaveraman. To‘g‘riroq qilib atsam men futbolchiman va meni futbolchi deb qabul qilishlarini istayman.

 

Tanlash kerak bo‘lsa, YECHL g‘olibligini tanlarmiding yoki “A seriya”da chempion bo‘lishnimi?

 

Bilasanmi, bu umuman boshqa-boshqa narsalar. Xatto bu musobaqalar talab etadigan ruhiy tayyorgarlik ham umuman o‘zgacha. Terma jamoalar miqiyosidagi musobaqlarni inobatga olmasak, YECHL dunyodagi eng muhim musobaqaga aylanadi. Ochig‘i men bu musobaqani juda yaxshi ko‘raman. Menga “A Seriya” ham yoqadi, biroq tanlash kerak bo‘lsa YЕCHL g‘olibligini tanlagan bo‘lar edim.

 

“A seriya”ning eng yaxshi futbolchisi kim?

Xabaringiz bo‘lgan bo‘lsa, “A Seriya”ning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan sovrinni qo‘lga kiritidim. Demak, hozircha ushbu musobaqadagi eng yaxshi futbolchi menman. Kelasi mavsumda bu sovrin kimga nasib etishini bilmayman, biroq uning bu mavsumdagi egasi men bo‘lib turibman. Bu chempionatda ko‘plab ajoyib futbolchilar to‘p suradi. Ularning aksariyati bilan bir jamoada to‘p surib kelyapman. Shunday ekan, nomzodlar yertarlicha topiladi.

Avvalgi Krishtiyanu bilan hozirgisi o‘rtasida qanday farq mavjud?

Sen futbol o‘ynashni endi boshlagan paytlarining uni tamomila o‘zgacha qabul qilasan. Xuddi maydonga boshqa nuqtadan ko‘z tashlagandek his paydo bo‘ladi. Oradan yillar o‘rtgan bo‘lsada, men motivasiyani saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldim. Ulg‘aygach, tinmay sovrinlar yutish va yuqori darajada futbol o‘ynash haqida bosh qotirishga majbur bo‘lasan. Sababi, kattalashganing sari sendagi futbol oldidagi ma’suliyat ham kattalashib boradi. O‘spirin chog‘ingda senda bunday bosimlar bo‘lmaydi. Shunchaki maydonga chiqasan va hakamning hushtagiga qadar o‘yindan lazzat olishga harakat qilasan. Ayni damda menda hech qanday muammo yo‘q va yang‘i g‘alabalarga chanqoqman.

Golni nishonlash uslubing haqida to‘xtalib o‘tsang?

Men Madridning “Real” jamoasida to‘p surgan chog‘larim biz gol kiritsak, burun stadion “SI” deb bizni olqishlar edi. Bu ispanchadan ha degani. Yodimda bor, mavsum oldi musobaqalardan birida AQSHda “Chelsi” bilan to‘qnash keldik. Men gol kiritdim va o‘zim bilmagan xolda uni nishonladim. Keyinchalik mendan bunday nishonlashni qancha mashq qilganim haqida so‘rashdi. Ochig‘i barchasi tabiiy bo‘lgani uchun nima deyishni ham bilmay qoldim. Barchasi o‘z-o‘zidan amalga oshdi. O‘sha uchrashuvdan so‘ng, golni nishonlash uslubim mashxur bo‘lib ketdi va men uni gol kiritganimda qaytara boshladim.

O‘z faoliyat davomida ko‘plab afsonaviy murabbiylar bilan turli vaziyatlarda ishlashlagansan. Ularning qay biridan ko‘proq minaddorsan?

Agar ulardan birini aytsam adolatdan bo‘lmaydi. Sababi, ularning har biri menga ta’sir o‘tkaza olgan. Ularning barchasi o‘zgacha murabbiylar va ularning har biridan nimanidir o‘rganganman. Men bilan ishlagan barcha murabbiylarning faoliyatimda tutgan o‘rni beqiyos.

Kelajakda murabbiy bo‘lishni istaysanmi?

Menimcha murabbiy bo‘lmasam kerak. Shunday bo‘lsada, hozir shunday deyapman. Kelajakda uyda o‘tirib futbolni sog‘insam, fikrim o‘zgarib qolishi hech gap emas. Barchasi qanday ko‘rinish olishini bilmayman, biroq ayni damda murabbiylik kursalriga o‘qish niyatim yo‘q.

Faoliyating davomida qo‘lga kiritgan eng katta sovrin?

Men kariyeram davomida ko‘plab sovrinlarga ega chiqqanman. Shunday bo‘lsada, ular orasida 2016-yildagi Yevropa chempionligini alohida qayd etgan bo‘lar edim. Bu hayotim davomida qo‘lga kiriitgan eng katta yutug‘im va sovrinim bo‘lib qoladi.

Final o‘yini sen uchun juda hayajonli o‘tgan edi. Murabbiyga yordam bergan edin?!

Ha esimda, o‘sha uchrashuvni oyog‘imda kuchli og‘riq bilan tomosha qilgan edim. Ba’zan og‘riq shu darajaga ko‘tarilar ediki, ko‘zlarimdan yosh chiqib ketar, og‘riq qoldiriruvchi vositalardan tinimsiz foydalanar edim. Maydonda esa, jamoadoshlarim men uchun ham jang qilishda davom etar, ularning mardonavor harakatlarini ko‘rib ta’sirlanib ketar edim. O‘yin so‘nggiga yaqin o‘tira olmay qoldim. Murabbiyning oldiga borib unga yordam berishga tushib ketdim. Bilasizmi, so‘nggi soniyalarda og‘riq va xursandchilik qo‘shilib ketdi. Men bir zum yig‘layman va darrov kulaman. Qisqasi hamma-hammasi qo‘shilib ketdi. Final hushtagidan so‘nggina ruhan charchaganimni his etdim. Men hayotda sira ichmayman, biroq o‘sha kuni bir bokal shampan vinosidan ichgan edim. To‘g‘risi rosa boshim aylangan (kuladi). O‘sha uchrashuv mening hayotimdagi eng muhim kuni va eng muhim sovrinni menga taqdim etgani bilan yodimda qolgan.

Sen kirigan eng chiroyli gol?!

Men o‘z faoliyatim davomida eng chiroyli golni Turinda Buffon qo‘rilayotgan darvozaga kiritganman deb hisoblayman. Yodimda bor, kuchli raqibga qarshi mehmonda kechayotgan uchrashuvda qaychi uslubida kiritgan edim. Bu gol men uchun doimmo birinchi o‘rinda bo‘lib qoladi. Chiroyli stadion, YECHL play-off o‘yini, munosib raqiblar to‘qnashuvi, golga muxlislarning reaksiyasi, barcha-barchasi ajoyib o‘tgan kecha edi.

Manba: Голос футбола
Kiritildi: 13:44, 05.01.2020.
O'qildi: 14936 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.