Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Ronaldu: «Umid qilaman, bugun «Inter» yutqazadi»

Ronaldu: «Umid qilaman, bugun «Inter» yutqazadi»

Baho:
+ | -

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Kalyari»ga qarshi o‘yin (4:0) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bugun u "xet-trik"ni rasmiylashtirdi.

«Muhimi, jamoamiz g‘alaba qozondi. Biz yaxshi o‘ynadik va ko‘p golli vaziyatlar yaratdik. "Xet-trik"ga erishganimdan xursandman, lekin g‘alaba qozonib, «Inter»ga bosim o‘tkazish muhimroq edi.

O‘yindan o‘yinga nafaqat himoyada, balki hujumda ham kuchayib boryapmiz. Biz — yaxlit jamoamiz va har bir harakatni birgalikda bajarishimiz kerak.

«Napoli» – «Inter» o‘yinini tomosha qilamanki yoki yo‘qmi, bilmadim, ammo, umid qilaman, "neradzurri" yutqazadi. Chunki ularning mag‘lubiyati bizga kerak. Har qanday holatda ham biz o‘z ishimizni bajardik. Endi faqat kutish qoldi», – dedi Ronaldu.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 23:39, 06.01.2020.
O'qildi: 4537 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик