Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 23:45 Monsa - Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford - Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Teskari taqvim»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Teskari taqvim»

Baho:
+1 | -1

Kubok o‘yinlari hamisha bosqichma-bosqich kuchayib boraveradi. Guruh bahslarining ilk o‘yinida yutqazib qo‘ygan terma jamoa keyingilariga yaxshilab tayyorlanadi va ikkitasini yengsa, pley-offga yo‘l oladi. Chorak final ko‘pincha yarim finaldan yengilroq kechadi. Yarim final oxirgi o‘yindan...

Drulovich boshchiligidagi yigitlarimizga shunday taqvim ulashildiki, hammasi teskari ketadi. Birinchi o‘yinimiz – final! Xalqiga sport orqali umid uyg‘otishni istayotgan Eron ikki karra kuchli bo‘lib o‘ynashi turgan gap.

Keyin bizni yarim final darajasidagi o‘yin kutib turibdi – birinchi turda Janubiy Koreya bilan qirpichoq bo‘lgan Xitoy.

Uchinchi turimiz chorak final maqomida – Janubiy Koreya terma jamoasi bilan odatda shunaqa bosqichlarda o‘ynashga odatlanganmizku...

Pley-offga shu guruhdan chiqa olsak, pley-offning uchta o‘yini guruh o‘yinlari kabi oson kechadi. Chunki aniqki, chorak finalda Koreyadan kuchli jamoaga yo‘liqmaymiz, yarim finalda Xitoy darajasidagi jamoaga to‘qnash kelamiz. Xudo xohlab finalga chiqsak, u yerda kim bo‘lishidan qat’i nazar guruhning ilk o‘yini kabi og‘riqsiz o‘tadi. Chunki yutqazib qo‘yish ham fojea emas – Olimpiada yo‘llanmasi qo‘lda naqd bo‘ladi!

Xullas, shunaqa teskari taqvim bilan boshlanadigan Osiyo chempionatiga xush keldik. Yigitlar, bugungi finalda omad! Yarim final va chorak finalni ham xotirjam o‘tkazib olsangiz, qarab turibsizki, uchta o‘yindan iborat guruh o‘yinlarida bemalol harakat qilasiz. Biz ishonamiz sizga, oltita o‘yin ko‘rib qaytamiz. Uchinchi o‘rin uchun kechadigan uchrashuvni gapirmayapmiz, yurak ko‘tarmaydi.

Qorli kechani eslang, azizlarim!!!

Xayrulla Hamidov.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 23:56, 08.01.2020.
O'qildi: 7930 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик