Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Tomas Myuller ketadigan bo‘ldi
Myunhenning «Bavariya» jamoasining tajribali futbolchisi Tomas Myuller yozda o‘z jamoasini o‘zagartirishi mumkin. Bu haqida taniqli «Goal» nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 30 yoshlik futbolchi o‘yin amaliyotisiz qolayotganidan norozi. Shu sababli, «gollivud»ni tark etishga yaqin. Myunnhen klubi o‘z futbolchisi bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortgani bois, futbolchi tezroq boshqa jamoaga o‘tishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Tomas Myullerning klub bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilga qadar mo‘ljallangan.
Eriksen Italiyaga yo‘l oladi
Londonning «Tottenhem» klubi yarim himmoyachisi Kristian Erikson o‘z faoliyatini Milanning «Inter» klubida davom ettrishiga yaqin turibdi.
"The Sun" nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi va klub shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Daniyalik futbolchining «Inter»dagi masho haftasiga 125 ming yevroni tashkil etadi va tomonlar 2024-yilga qadar mo‘ljaljanlangan shartnomaga imzcho chekishi kutilmoqda.
Katta ehtimol bilan, Eriksen milanliklar safiga mavsum so‘ngida borib qo‘shiladi. Sababi «Inter» uning transferi uchun qishda 20 million yevro to‘lamoqchi emas.
«Qizil iblislar»ga himoyachi kerak
Manchester Shaxrining «Manchester Yunayted» klubi «Uotfurd» jamoasi himoyachisi Kristian Kabasel bilan jiddiy qizib qolgan. Bu haqida Ekspress nashri ma’lum qilmoqda. «Uotfurd» futbolchisining klub bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, uning transfer qiymati 40 million yevroni tashkil etmoqda. Klub himoyachini jamoada saqlab qolish uchun yangi shartnoma tuzishga urunmoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga qaraganda, shaxsan Sulsherning o‘zi rahbariyatdan himoyachi sotib olishlarini iltimos qilgan. Ayni damda jamoadagi himoyachilardan Markus Roxo, Erik Bayi, Markos Roxo va Aksel Tuanzebeda jiddiy jarohatlar mavjud. Xarri Maguayer esa, kichik jarohat bo‘lishiga qaramay maydonda harakat qilmoqda.
Mustafi yanvarda ketadi
Londonning «Arsenal» jamoasi himoyachi Shkordan Mustafi qishki transfer oynasida jamoani tark etishi tobora aniqlashib bormoqda”,-deb xabar bermoqda «Fotomac» nashri.
Ayni damda futbolchining agenti Istanbul shaxrida bo‘lib turibdi. Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, futbolchining agenti Turkiyaning «Galatasaray» jamoasi bilan uchrashuv uchun Istanbulga yetib borgan. Ma’lumotlarga qaraganda, Turkiya grandi himoyachini sotib olish sharti bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli himoyachi ortda qolayotgan mavsum davomida atigi 3 ta o‘yinda ishtirok etdi va bitta golli uzatmagan mualliflik qildi.
«Barselona» futbolchisi «Bavariya» nishonida
Kataloniyaning «Bavariya» klubi qanot himoyachisi Nelson Samedu qishki transfer oynasidayoq «Bavariya» futbolchisiga aylanishi mumkin.
"Mundo Deportivo» nashri bergan xabarga ko‘ra, kataloniya klubi himoyachini kadrlar bilam muammolar yuzaga kelmasligi uchun qishda sotmoqchi emas, biroq yozda uni qo‘yib yuborishga qarshilik qilmaydi.
Nashr bergan ma’lumotga ko‘ra, «Bavariya» allaqachon muzokaralarni boshlab yuborgan. Nelsonning transferidan Katoloniya klubi 50 million yero ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Dortmunga Madrid rad javobini berdi
«Borussiya Dortmund» klubida ijara asosida to‘p surayotgan Ashraf Hakimining kelajagi ma’lum bo‘ldi. Dortmundliklar ijara asosida «Borussiya»da to‘p surayotgan futbolchining shartnomasini sotib olish borasida «Real Madrid»ga taklif bilan chiqqan edi, biroq «qirollik klubi» o‘z futbolchisini sotishdan bosh tortdi.
Eslatib o‘tamiz, marokashlik futbolchi borasida bundan bir hafta ilgari Germaniyaning yana bir grandi «Bavariya» ham taklif bilan chiqqan edi, biroq «qaymoqranglilar» o‘z futbolchisini ortga qaytarishini ma’lum qilgan edi.
Shunday bo‘lsada, nemis nashrlari Hakimining «Borussiya»da qolishini bashorat qilmoqda.