Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangilikllar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Atletiko»da «b» rejasi mavjud

Madridning «Atletiko» jamoasi PSJ hujumchisi Edinson Kavanini qo‘lga kiritish uchun harakat qilayotganidan xabaringiz bor. Ayni damda urugvaylik hujumchining Madridga ko‘chib o‘tishi borasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Shu sababli, «matraschilar» zahira variantini ishga solishi mumkin.

Unga ko‘ra, klub «Arsenal»ning fransiyalik hujumchisi Aleksandr Lyakazettga bor e’tiborini qaratadi. Klub jamoa safiga 2018-yilda kelib qo‘shilgan Tomi Lemarni uning transferiga qo‘shib berishni rejalashtirmoqda. «Mirror» nashri bergan xabariga ko‘ra, «Arsenal»ning yangi murabbiyi o‘z hujumchisini qo‘yib yuborishga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, Lemar ushbu mavsumda «La Liga» bahslarining 15 tasida va YECHL uchrashuvlarining 6 tasida maydonga tushgan.

«Bourmunt» futbolchisiga ortga qaytga qaytmaydi

Londonning «Chelsi» jamoasining sobiq himoyachisi Natan Akening kelajagi ma’lum bo‘ldi”,-deb xabar bermoqda The Sun nashri.

Manba bergan ma’lumotlarga qaraganda, «aristokratlar» gollandiyalik himoyachini harid qilishdan bosh torishdi. Gap shundaki, klub o‘z himoyachisi Anlreas Kristensen bilan shartnomani uzaytirdi va endilikda jamoa daniyalik himmoyachi uchun ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini ta’minlashni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, gollandiyalik himoyachi ushbu mavsumda 17 ta uchrashuvda ishtirok etdi va o‘z hisobiga bir golni yozib qo‘ydi.

Avstrya klubi koreyalik futbolchining narxini e’lon qildi

«RB Zalsburg» klubi o‘z hujumchisining Xvan Xi Chxanning transfer qiymatini ma’lum qildi.
"The Atheltik" nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, Janubiy Koreyalik

futbolchini qo‘lga kiritishni istagan klub 27 million yevrodan voz kechishi kerakligini ma’lum qildi. Ayni damda hujumchi uchun «Brayton» va «Vulvurhempton» klublari kurash olib borishmoqda.

Ingliz jamoalari iqtidorli futbolchi uchun 15 million yevroga baholayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, «RB Leipsig» jamoasi qishki transferlar chog‘ida Takumo Minamino va Erling Xolandni sotib yubordi.

«Barselona» Suaresning o‘riga futbolchi izlamoqda

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi Luis Suaresning o‘rnini to‘ldira oladigan futbolchini izlamoqda. Bu haqida «Muda Deportivo» nashri xabar bermoqda.

«Barselona» Suaresning jarohati sababli klub unga zahira variyant sifatida bir nechta hujumchini ko‘rib chiqmoqda. Ushbu ro‘yxatda Kristian Stuani, Chimi Avila va Gabriyel Barboza singari hujumchilar joy olmoqda.

Nashr bergan xabarlarga ko‘ra, klub ushbu hujumchilardan birini qishki transfer chog‘ida harid qilishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Luis Suaresning yaqindagina jarohlik stoliga yotgani va 4 oy davomida jarihatdan qutulishi haqida xabarlar chiqqan edi.

Albaniyalik futbolchi APLga o‘tishi mumkin

«Verona» jamoasi himoyachisi Marash Kumbula APLning grandalari e’tiboriga tushib qoldi. Iqtidorli himoyachi uchun ayni damda «Manchester Yunayted» va «Chelsi» klublari qiziqish boshladi. 

The Sun nashri bergan xabarlarga ko‘ra, 19 yoshlik futbolchi qishki transferlar chog‘idayoq tumanli albionga yo‘l olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kumbula ushbu mavsumda 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol yozib qo‘ydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:28, 14.01.2020.
O'qildi: 7982 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.