Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Nurillo To‘xtasinov: «Koreyadan finalda revansh olamiz»

Nurillo To‘xtasinov: «Koreyadan finalda revansh olamiz»

Baho:
+ | -

Tailandda o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionatining “S” guruhidan o‘rin olgan bahslari yakunlandi. So‘nggi turda O‘zbekiston OTJ janubiy koreyalik raqiblariga qarshi maydonga chiqdi. Murosasiz kechgan bahs koreyaliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindan so‘ng terma jamoamiz yarim himoyachisi Nurillo To‘xtasinov bilan suhbatlashishga erishdik.

“Qiyin o‘yin o‘tkazdik. 6 kun ichida 3ta o‘yin. Har qanday jamoa jismonan charchaydi. Ko‘rinib turibdi-ki Janubiy Koreya terma jamoasi juda kuchli.

Koreya termasi kuchli murabbiy va mahoratli futbolchilarga ega. Shu sababli butun o‘yin davomida bizdan ko‘ra yaxshiroq harakat qilishdi. Menimcha, bu musobaqadagi eng kuchli jamoa. Nasib qilsa, finalda ulardan revansh olamiz.

Keyingi bosqichda qaysi jamoa tushishining farqi yo‘q. Oldimizga chempionlikni maqsad qilib qo‘ydikmi, demak raqib tanlashga haqqiqmiz yo‘q.  Bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga katta rahmat aytamiz”, -deydi futbolchi saytimizga bergan intervyusida.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:15, 15.01.2020.
O'qildi: 8021 marta.
Fikrlar: 31 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик