Huquqiy jihatdan Londonning “Chelsi” klubiga tegishli, ijara asosida Turkiyaning «Fenerbaxche» klubida to‘p surayotgan Viktor Mozes faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin deya xabar bermoqda gianlucadimarzio.com sayti.
Qayd etilishicha, 29 yoshli hujumchiga Italiyaning «Inter» klubi davogarlik qilmoqda. “Inter” Mozesni mavsum yakunigacha ijaraga olmoqchi.