Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Yahyoxo‘ja O‘lug‘xo‘jayevdan anons: «Hech narsa boy berilgani yo‘q»

Yahyoxo‘ja O‘lug‘xo‘jayevdan anons: «Hech narsa boy berilgani yo‘q»

Baho:
+ | -

Bugun Toshkent vaqti bilan 18:15dan boshlab O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi uchun muhim uchrashuv start oladi. Darhaqiqat, biz guruh bosqichidagi o‘yinlarimiz bilan hech kimni hayratda qoldirmadik. Xatto futbolchilarimiz ham o‘z o‘yinlaridan qoniqish hosil qilishmadi desak ham bo‘ladi. Shunga qaramay, pley-offga chiqqan jamoalarning imkoniyatlari doimmo teng bo‘ladi. Shunday ekan, olimpiyachilarimiz hali hech narsani boy berishgani yo‘q!

Ular asosiy kurashga endi kirishmoqda. To‘g‘rirog‘i bugun kirishadi. Shu o‘rinda aytib o‘tish joiz-ki, yigitlarimizning hayotida tubdan o‘zgarish yasashga qodir ikkita o‘yin ularni oldinda kutib turibdi. Olimpiyachilarimizning ushbu musobaqagi zafarli yurish biz uchun ham juda muhim.
Sababi, Tokio chiptalari qo‘lga kiritilsa, biz o‘z kuchiga ishongan, katta davrlarni ko‘rgan, muhim o‘yinlarda oyog‘i qaltirab qolmaydinganlardan tashkil topgan yangi avlod futbolchilariga ega bo‘lamiz. Futbolimizdagi ruhiyat bilan bog‘liq abadiy muammolarimiz balki ushbu musobaqada orqali bir fursat chekinishga majbur bo‘lar?! Istaymizmi, yo‘qmi shu yigitlari o‘zbek futbolining ertasi. Biz qanchalar tanqid qilmaylik, shu qorako‘zlar bugun yurtimiz sharafini himoya qilish uchun maydonga chiqishadi. Ishonaman, ularni ijtimoiy tarmoqlarda tinmay tanqid qilayotganlarning barchasi bugun chin yurakdan millatimiz futboldagi yuksalish orzusida teleekran oldidan joy oladi. Nima qilsak ham baribir O‘ZBEKmiz! Marra sari yana ikki qadam qoldi yigitlar! Biz baribir sizga ishonamiz va qo‘llab-quvvatlaymiz!

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: Яҳёхўжа Улуғхўжаев телеграм канали
Kiritildi: 12:31, 19.01.2020.
O'qildi: 4038 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик