Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

«Istiqlol» bosh murabbiyi: «Bu muxlislarga syurpriz bo‘ladi»

«Istiqlol» bosh murabbiyi: «Bu muxlislarga syurpriz bo‘ladi»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ertaga  “Lokomotiv” o‘z maydonida OCHL saralashi doirasida Dushanbening “Istiqlol” jamoasini qabul qiladi. Bugun o‘yin oldi matbuot anjumanida mehmon jamoa bosh murabbiyi Mubin Ergashev hamda jamoa hujumchisi Alisher Jalilov ishtirok etib jurnalistlarning savollariga javob berishdi.

– Futbol muxlislarini kirib kelayotgan yangi mavsum bilan tabriklayman. O‘tgan mavsumdagisiga qaraganda ushbu mavsumda ko‘proq qiziqarli o‘yinlar bo‘lishini tilayman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, bahsga ko‘rilgan tayyorgarlik yaxshi bO‘ldi. Raqibni yaxshi o‘rganib chiqdik. “Lokomotiv”ni tark etgan ko‘plab futbolchilar o‘rnini yangilar egalladi. Shuningdek, jamoada bosh murabbiy O‘zgardi. Samvel Babayan va Andrey Fyodorovning murabbiylik imzosi ikki xil ko‘rinishda va O‘yinlari boshqacha taassurot beradi. Futbolchilarimizga ertangi o‘yin oldidan alohida talablar qo‘yamiz.

Alisher Jalilov: – “Lokomotiv” OCHLda har yili o‘ynaydi. Ularning yaxshi jamoa ekanligini bilamiz. Shu boisdan uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, navbatdagi bosqichga chiqishimiz uchun harakat qilamiz.

– “Istiqlol” Osiyo Chempionlar Ligasi darajasiga tayyormi?

– Ha, tayyor. Chunki o‘tgan yillar davomida OFK kubogidagi ishtirok orqali “Istiqlol” bir necha bora ushbu ligaga tayyor ekanligini ko‘rsatib berdi. To‘g‘ri bizga qiyin bo‘ladi, lekin buni to‘g‘rilaymiz.

– “Istiqlol” OCHL uchun uch legionerni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Ularning barchasi Toshkentga keldimi?

– Bu haqda gapirmayman. Keling, bu haqida ertaga bilib olasiz. Bu muxlislarga syurpriz bo‘ladi.

Raqibni o‘rganish choqida “Lokomotiv”ning birorta nazorat uchrashuvlarini tomosha qildingizmi?

– Andrey Fyodorovni yaxshi bilaman. U bilan birga o‘qiganman. Qolaversa, uning yordamchisi Miklyayevni ham yaxshi bilaman. “Lokomotiv”ning “Reynjers” bilan o‘yinini tomosha qildik. Shuningdek, “Jiangsu” bilan o‘yinni ham o‘rganib chiqdik. “Lokomotiv” ikki o‘yinda ikki hil taassurot qoldirdi. Shu boisdan jamoa ertaga qanday o‘yin ko‘rsatishini bilish juda qiyin.

– O‘zbek futbolidan kimning o‘yinlari sizga yoqadi, yoqtirgan o‘zbek futbolchingiz bormi?

Alisher Jalilov: – Odil Ahmedov. “Anji”, “Krasnodar”da o‘ynagan futbolchini yaxshi bilaman. Ayni damda u faoliyatini Xitoyda davom ettirmoqda. “Lokomotiv”dan esa Marat Bikmayevni yaxshi taniyman. U bilan “Rubin”da tanishganman. Uning o‘yinlari menga yoqadi.

– “Paxtakor”ga qarshi bekor qilingan o‘yin tayyorgarlik rejalariga jiddiy ta’sir o‘tkazdimi?

– Yo‘q. Ob-havo xudoning qudrati. Shu boisdan bundan unchalik hafa bo‘lmadik.

Ertangi o‘yinda bizning tomonga ham muxlislik qiladigan tomoshabinlar ko‘p bo‘ladi. Barcha muxlislarni stadionga chorlab qolamiz. Umid qilamiz, ertaga qiziqarli va muxlislar yoqtiradigan o‘yin guvohiga aylanamiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:10, 20.01.2020.
O'qildi: 6454 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик