Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Nurillo To‘xtasinov: “Guruhda natija uchun o‘ynadik”

Nurillo To‘xtasinov: “Guruhda natija uchun o‘ynadik”

Baho:
+ | -

Olimpiya terma jamoamiz yarim himoyachisi Nurillo To‘xtasinovning o‘yinlari ko‘pchilikda iliq taassurot qoldirmoqda. Bugun Olipiya terma jamoamiz yarim himoyachisi bilan bog‘lanib, kichik intervyu uyushtirdik.

— Nurillo, BAAga qarshi uchrashuv haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsangiz.
— Ochig‘i o‘yinni gol o‘tkazib yuborishdan boshlaganimiz uchun ortiqcha “razvedka” qilishga hojat qolmadi. Bor e’tiborimizni to‘liq hujumga qaratdik. BAAga qarshi oldindan o‘ylagan barcha rejalarimizni to‘liq amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldik.

— Nima uchun terma jamoamiz guruh bahslarida tamomila o‘zgacha, pley-off o‘yinlarida boshqacha taassurot qoldirdi?
— Bilasizmi, biz joy olgan guruhda juda murakkab raqiblar joy olgan edi. Biz guruhdan chiqish uchun to‘liq natija uchun harakat qildik. Bundan tashqari, birinchi turdagi durangdan so‘ng, katta bosim ostida qolib ketgan edik. Shu sababli o‘yinimiz sira qovushmadi. Guruhdan chiqqach, yelkamizdagi katta bosimdan xalos bo‘lganimiz uchun o‘yinimiz ham o‘z-o‘zidan qovusha boshladi.

— Yirik hisobdagi g‘alaba haqida jamoa futbolchilariga qanday ta’sir o‘tkazdi?
— Bu faqatgina bizning foydamizga ishlaydi. Sababi yigitlarda o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch yana ortadi. Bunday o‘yinlardan so‘ng, yigitlar maydonda ancha ishonchli va sovuqqon harakat qilishni boshlashadi. Bizning o‘yin uslubimiz ham aynan tezkor va sovuqqon qarorlar ustiga qurilgan.

— Yarim finalda G‘arbiy Osiyo mintaqasi jamoalari bilan to‘qnash kelish qulaylik tug‘diradimi?
— Menimcha, yarim finalda qaysi jamoa bilan to‘qnash kelishimizning umuman farqi yo‘q. Oldimizga Tokio olimpiadasida ishtirok etish vazifasi qo‘yilgan. Bu maqsadga erishishimiz uchun raqib tanlamasligimiz kerak.

— Olimpiyachilarimizning kayfiyati qanday?
— To‘g‘risi, a’lo darajada. Orzu sari bir qadam qolganini barcha tushunib turibdi. Biz bu kunlarni juda uzoq kutganmiz. Xalqimizning azaliy orzularidan birini ro‘yobga chiqarish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:06, 20.01.2020.
O'qildi: 5829 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик