Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Denis Istomin: “Har bir yurtdoshimiz futbolchilarimizning g‘alabasiga ishonmoqda”

Denis Istomin: “Har bir yurtdoshimiz futbolchilarimizning g‘alabasiga ishonmoqda”

Baho:
+ | -

Hozirda barcha futbol ishqibozlarining nigohi Tailand yashil maydonlarida o‘tayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionatidagi terma jamoamizning ishtirokiga qaratilgani aniq. Shu bilan bir qatorda Tailand poytaxti tennis bo‘yicha “Bangkok Open-2020 Challenger” turniriga ham mezbonlik qilmoqda. E’tiborlisi, musobaqa terma jamoamiz istiqomat qilayotgan mehmonxonaning yonginasida o‘tadi va unda yurtimizning birinchi raqamli raketkasi Denis Istomin ham ertaga o‘z ishtirokini boshlaydi. Fursatdan foydalanib, hamyurtimizning musobaqaga olib borayotgan tayyorgarligi va Osiyo chempionati haqidagi fikrlarini olishga muvaffaq bo‘ldik.

– Turnirga tayyorgarlik qanday ketmoqda?
– Hozir biz ham Tailandda bo‘ladigan chellenjer turniriga tayyorlanmoqdamiz. Kuni kecha ulardan biri yakunlandi va undagi ishtirokim muvaffaqiyatli o‘tdi, deya olmayman. Bunaqa noqulay ob-havoda yaxshi o‘yin ko‘rsatish juda qiyin. Nima bo‘lganda ham bu mavsumning boshlanishi. Eng asosiysi Olimpiadaga tayyorlanish va unda yaxshi ishtirok etish.

– Tailanddan keyin qaysi turnirga yo‘l olasiz?
– AQSHga yo‘l olishni rejalashtirganman. Martgacha u yerdagi turnirlarda ishtiroq etmoqchiman. Sababi mart oyida bizni “Devis kubogi”da aynan AQSH terma jamoasi bilan o‘yin kutib turibdi. Okean orti safarida shu turnirga ham tayyorlanib boraman.

– Tailandda parallel ravishda futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionati ham o‘tmoqda. Vakillarimizning muvaffaqiyatli o‘yinini kuzatdingizmi?
– Afsuski, rasmiy mashg‘ulot va noquliy grafik sabab stadionga tusha olmadim. Lekin yigitlarimizning natijasini kuzatib bordim va g‘alabalarini eshitib xursand bo‘ldim. Sezib turibman, har bir yurtdoshimiz ularning g‘alabalariga ishonmoqda va astoydil muxlislik qilishmoqda. Fursatdan foydalanib, ularga mazkur Osiyo chempionatida omad va g‘alabalar tilab qolaman. Olg‘a, O‘zbekiston!

O‘z navbatida biz ham Denis Istominning musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishi va yurtimiz sharafini munosib himoya qilishini tilab qolamiz.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 21:30, 20.01.2020.
O'qildi: 3514 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.