Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Islom Qobilov: «O‘yinimdan ko‘nglim to‘lmadi»

Islom Qobilov: «O‘yinimdan ko‘nglim to‘lmadi»

Baho:
+ | -

Olimpiya terma jamoamiz sardori Islom Qobilov AFC rasmiy sayti uchun kichik intervyu berib o‘tdi.

"Bu uchrashuvdan so‘ng xotirjamlikka berilishga haqqimiz yo‘q. Sababi, asosiy maqsadimizga hali erishganimizcha yo‘q. Asosiy maqsadimiz chempionlikni saqlab qolish. Bundan boshqasi haqida o‘ylamayapmiz.

Ayni damda murabbiylarimiz shtabi ham ortiqcha his-hayajonga berilmaslikni va Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvga qadar tiklanib olish qanchalar muhim ekanligini  tushuntirishmoqda. Sababi, Janubiy Koreya bilan o‘yindan so‘ng, biz asosiy vaqtimizni tiklanishga sarf etdik va bu o‘z samarasini berdi. Shu o‘rinda raqibimizni Buriramdan uchib kelganini unutmaslik lozim. Uchrashuv boshida gol o‘tkazib yuborganimiz ham biroz qo‘l keldi. Sababi, goldan so‘ng oldimizda 80 daqiqa vaqt mavjudligini his etdik va xotirjamlik bilan o‘yinga qaytdik.

Saudiya Arabistoni bilan ham shoshmasda, xotirjamlik bilan o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak. BAAga qarshi uchrashuvda o‘zimdan ko‘nglim to‘lmagan joylari ham bo‘ldi. Masalan, gol o‘tkazib yuborgan vaziyatimizda mening ham aybim bor. Agar raqibimiz BAAdan saviyaliroq jamoa bo‘lganida 5 gol kiritishimizga imkon bermagan bo‘lar edi.

Jamoaviy o‘yindan ko‘nglim to‘ldi. Biz ruhiy tushkunlikni yengib o‘tib o‘yinga qaytdik va raqib darvozasiga 5 ta aniq zarba yo‘lladik. O‘yindan so‘ng, murabbiylarimiz ham minnatdorchilik bildirishdi. G‘alabani, to‘polon qilib nishonlamadik. Barchamiz bilib turibmiz-ki, hali asosiy vazifa bajarilgani yo‘q.

To‘g‘ri, yarim finaldamiz, to‘g‘ri, jamoamiz o‘z o‘ynini topib oldi, biroq bu hali hech narsani anglatmaydi. Bu yerga chempionlik uchun kelganmiz. Yarim finaldagi o‘yinda g‘olib chiqsakkina bayram qilishimiz mumkin. Unga qadar hal qiluvchi o‘yinlarga tayyorgarlika urg‘u beramiz", — dedi Qobilov.

Manba: the-afc.com
Kiritildi: 22:14, 20.01.2020.
O'qildi: 4919 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.