Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 0-0 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-0 Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Vadim Abramov: «Bu aldov»

Vadim Abramov: «Bu aldov»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ertaga “Bunyodkor” OCHL saralarsh doirasida Iroqning “Az Zavra” klubini qabul qiladi. Mazkur o‘yin olidan bugun matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda “qaldirg‘ochlar” bosh murabbiyi Vadim Abramov hamda f Muhannad Abdulrahim jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berib o‘tdi.

–  Yangi mavsumda barchaga omad tilayman! Hammasi joyida, ertaga g‘alaba uchun maydonga chiqamiz.

Lutfulla To‘rayev: Bu o‘yingi biz yaxshi tayyorgarlik ko‘rib keldik. Ertaga g‘alaba qozonib, guruh bosqichiga chiqmoqchimiz.

– Raqib murabbiyi o‘yinga tayyor emasligini ma’lum qildi. Bu qandaydir tuzoq emasmi?

– Ertaga bizni qiziqarli o‘yin kutyapti. Raqibning o‘yinlarini tomosha qildim. Juda kuchli jamoa. Bu taktika va aldov.

– Markazda siz bilan o‘ynaydigan To‘xtasinov ham Abudullayev ham yo‘q. Bu sizga qiyinchilik to‘g‘dirmaydimi? Hozir jamoaga Sardor Abduraimov jalb qilindi. Sardor bilan til topishib oldingizmi?

Lutfulla To‘rayev: - Abu Dabi yig‘ini doirasida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida Sardor Abduraimov bilan birga o‘ynadik, fikrimcha hammasi joyida. Bir-birimizni bilan til topishib ketdik deb o‘ylayman.

– Jamoani Xurshid G‘iyosov tark etdi, buni katta yo‘qotish deyish mumkinmi?

– Nafaqat G‘iyosov, yana 5 nafar futbolchimiz olimpiyachilarmiz bilan birga. Qolaversa, Gadoyev va Tursunov ham jamoani tark etdi. Bu futbol. Zamonaviy futbolda bunday holatlarga tayyor turish kerak.

G‘iyosovga keladigan bo‘lsak, u o‘tgan mavsumni yaxshi o‘tkazdi, shu sababli uni ko‘plab jamoalar o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘ldi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:59, 21.01.2020.
O'qildi: 16281 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик