Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Riberio: «So‘g‘diyona»ga sovrinlar yutishda yordam bermoqchiman»

Riberio: «So‘g‘diyona»ga sovrinlar yutishda yordam bermoqchiman»

Baho:
+1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Xabarinngiz bor, bir necha kun avval Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi braziliyalik yarim himoyachi Elivelto Ribeiro Dantos bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik. Saytimix muxbiri Jaloliddin Qobiljonov futbolchi bilan bog‘lanib qisqa suhbat uyushtirishga erishdi.

– Futbol muxlislarimiz siz haqizda deyarli ma’lumotga ega emaslar. Avvalo o‘zingiz haqingizda to‘liqroq gapirib bersangiz.

– Men oddiy yigitman. Men bu yerga agentim orqali keldim. Yangi mavsumda qo‘limdan kelgancha “So‘g‘diyona”ga sovrinlar yutishda yordam bermoqchiman va jamoadoshlarim ham bunga tayyor. Bu jamoadagi rasmiy debyut uchrashuvimni intiqlik bilan kutyapman. Muxlislarni xursand qilishga tayyorman.

– “So‘g‘diyona” ga kelib qo‘shilishingizdan avval o‘zbek futboli haqida eshitganmidingiz?

– Ha, men Qozog‘iston chempionatida to‘p surganman, shu sababli O‘zbekiston chempionati haqida bilaman. O‘zbek futbolchilari haqida esa yo‘q. Ammo o‘ylaymanki, ular kuchli futbolchilar. Qolaversa, chempionat ham qizg‘in o‘tadi degan umitdaman.

– Jamoa bilan necha yillik shartnoma imzoladingiz?

– Men “So‘g‘diyona”ga erkin agent sifatida kelib qo‘shildim va 1 yillik shartnoma imzoladim.

– Internetda siz haqingizda ma’lumotlar kamligi sababli ko‘p narsalarni bila olmadim. Faoliyatingizni qaysi jamoada boshlagansiz? Qozog‘iston chempionatiga kelishingizdan avval qaysi klublarda to‘p surgansiz?

– Faoliyatimni Braziliyaning quyi divizionidagi “Imperila Rj” jamoasida boshlaganman. Shunnigdek, Litva chempionatida ham harakat qilganman. Litva chempionatida “Jalgris Vilnyus”da  3 yil o‘ynaganman (2015-2018 yillar). U yerda 2 marta mamlakat chempioniga aylanganmiz va bir marta Litva superkubogini qo‘lga kiritganmiz.  Qozog‘iston chempionatida “Taraz” klubi sharafini himoya qilganman.

– “So‘g‘diyona”dagi faoliyatingizda omad tilaymiz!

– Rahmat!

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:15, 25.01.2020.
O'qildi: 5225 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик