Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev: «Omadsiz ko‘rinish olgan musobaqani muvaffaqiyat bilan yakunlash vaqti keldi»

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev: «Omadsiz ko‘rinish olgan musobaqani muvaffaqiyat bilan yakunlash vaqti keldi»

Baho:
+ | -

Saytimiz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev o‘zining telegram knalida bugungi muhim o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Hech sezganmisiz taqdir bizni katta musobaqalar saralashining so‘nggi turigacha umidvor qilib qo‘yadi. Xatto xalqda “bizda doimo imkon bor”, - degan ibora ham mavjud. Mayli hazil o‘z yo‘liga. Bugun Drulovich va yigitlarda qulay imkoniyat mavjud. Ular omadsiz ko‘rinish olgan musobaqani muvaffaqiyat bilan yakunlashlari mumkin.Ha, ha bizda yana imkoniyat bor!

Nima bo‘lgan taqdirda ham umid oxirida so‘nishi kerak. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Olimpiyachilarimiz boshlagan ishni bugun tugatishadi. Aynan shu o‘yin musobaqani ijobiy yoki salbiy notada yakunlashimizni hal etadi. Bilaman, Saudiya Arabistoni bilan o‘yindan so‘ng, aksariyat muxlislarning ko‘ngli sovub ketdi. Bu bor gap, lekin amallar oxiriga qarab baholanishi kerak. Hali to‘liq yakunlanmagan ish uchun jamoamizni yomon ko‘rishga haqqimiz yo‘q.

Olimpiyadaga chiqish uchun Avstraliyada qancha imkon bo‘lsa, bizda ham shuncha. Ulardan zig‘ircha ham kam emas. Keling, so‘nggi uchrashuv oldidan Drulovichning rotatsiyasi, Yaxshiboyevning egosi, Boburning qo‘ldan boy bergan imkoniyatlarini, himoyadagi pala-partishlikni, umuman barcha-barchasini unutaylik-da, 90 daqiqaga birlashaylik. Tanqid qilishga, hech qachon kech emas. Vaziyatdan chiqib ketish uchun ideal qaror bu “kengurular”ni chetga surib tashlash. Katta yoshdagi futbolchilardan farqli o‘laroq yoshlarimiz uchun Avstraliya yutib bo‘lmas raqib emas. Nasib qilsa, bugun tunda O‘zbekiston xalqi tarixidagi ulkan g‘alabani qo‘lga kiritamiz. Yigitlarni duo qilaylik. Ular ayni damda bizning yordamimizga har qachongidan ko‘ra ko‘proq muhtojlar. 

Manba: Яҳёхўжа Улуғхўжаев телеграм канали
Kiritildi: 13:39, 25.01.2020.
O'qildi: 4005 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.