Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Diyor Imomxo‘jayev: «Bolalar futbolida muammolarimiz to‘la ekanini qatiq sotadigan qo‘shnim ham biladi»

Diyor Imomxo‘jayev: «Bolalar futbolida muammolarimiz to‘la ekanini qatiq sotadigan qo‘shnim ham biladi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 4 yil avvalgisidan kuchliroq edimi?

Samvel Babayan Rio-2016 uchun harakat qilgan tarkib futbolchilari bilan tanishib oling:
▪️Jaloliddin Masharipov
▪️Ikrom Aliboyev
▪️Akrom Komilov
▪️Jamshid Iskanderov
▪️Doston Hamdamov
▪️Otabek Shukurov
▪️Eldor Shomurodov
▪️Igor Sergeev
▪️Doston Tursunov
▪️Sardor Rahmonov
▪️Vladimir Kozak
▪️Javohir Sohibov

Bu yigitlar Qatarga ketayotganidayoq ancha tanilib ulgurgandi. Bugunga kelib shularning yarmidan ko‘mi milliy termaning asosi, to‘g‘rimi? Biroq Babayan jamoasi guruh bosqichidan nariga o‘ta olmagan.

Mana endi o‘zingizga savol bering: Tailandga borgan G‘aniyev yoki Qodirqulovdan boshqa qaysi futbolchini siz musobaqaga qadar tanir edingiz? Futbol jurnalistlari uchungina ularning hammasi qisman tanish. Ammo siz Oybek Bozorovni shu musobaqada kashf qildingiz, to‘g‘rimi? Yaxshiboyev Paxtakor asosiy tarkibiga kira olmagan futbolchi. Qolganlar ham uning qatori yigitlar. Lekin ular musobaqaning “o‘lim guruhi”dan joy olib, oxirida yarim finalga qadar yetib borishdi. Oxirgi ikki o‘yinda raqibdan yaxshiroq o‘ynab, mag‘lub bo‘lishdi. Shuning uchun ham jamoaga e’tirozim yo‘q.

Agar Avstraliyani yutganimizda, qahramon bo‘lardik, to‘g‘rimi? Yuta olmaganimiz uchun endi hamma ayb bolalar futbolida ekan. Umuman olganda bolalar futbolida muammolarimiz to‘la ekanini qatiq sotadigan qo‘shnim Halima opa ham biladi, chunki o‘g‘lini Bunyodkor akademiyasiga olishmagan ekan, portalga kamida 10 marta yumaloq xat yozdi. Biroq bilasizmi nima, Braziliyada bolalar futboli bundan besh batar. Biroq ulardan futbolchi chiqib yotibdi. Chunki ularda dunyoqarash boshqa. Bizda-chi? Qaysi soha dahshat rivojlanib ketgan-u, futbolchilar qoloqligicha qolib ketdi? Futbolimiz-ku Osiyoning to‘rtinchi jamoasi ekan, yana qaysi soha Osiyoda to‘rtinchi? 3-4 yil avval bolalar futboli uchun 5 million so‘mdan yig‘ib berganimizda Olimpiadaga borarmidik

Diyor Imomxjayev

Manba: Диёр Имомхўжаев телеграм канали
Kiritildi: 15:23, 26.01.2020.
O'qildi: 8016 marta.
Fikrlar: 48 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.