Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Xayrulla Hamidov maqolasi: «O‘xshash chehralar»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «O‘xshash chehralar»

Baho:
+ | -

Italiya nashrlari “Milan” va “Arsenal”ni qiyoslashibdi. 2020 yil boshlangandan buyon bu ikki klub yutqazmadi. Uh, sensasiya-ku, dersiz, ha, ular rostanam muxlislarini sal bo‘lsa ham xursand qilishmoqda. Biroq, bu natijalarning bir jiddiy tafovuti bor.

Hozir ayni daqiqalarda “Milan”ning o‘yinini kutib o‘tiribman. 2020 yilni mag‘lubiyatsiz o‘tkazayotgan klub. Ha, bu yerda yuz foiz Zlatan effekti. Pioli murabbiydir, ammo Ibrohimovich qarshisida milanlik futbolchilar chindan-da futbol o‘rgatadigan pedagogni ko‘rgandek bo‘lishdi. Chalhano‘g‘li tan oldi misol uchun: “Zlatan o‘ynayotgan payti noaniq uzatma berishga qo‘rqyapman”.

“Milan” statistikasiga qarasak, klub tablodagi hisobdan boshqa masalada o‘tgan yilgidan zo‘r o‘ynayotgani yo‘q. O‘sha-o‘sha vaziyatlar, darvozasi oldida hamon raqibga berilayotgan imkoniyatlar. Nima o‘zgardi? Sulsher "MYU"ga kelgandagi motivasiya paydo ulashilgan, xolos. “Milan” rahbariyati bu yutuqlar aslida oniy ekanligini bizdan-da yaxshiroq tushunib turishibdi va baribir yangi murabbiy olib kelamiz, deyishmoqda. Keyingi mavsumga, albatta.

Tarixan va inqirozan “Milan”ga o‘xshash “Arsenal” ham 2020 yili yutqazmadi. Jamoada xarakter paydo bo‘lgani yaqqol sezildi. O‘yin uslubida o‘zgarishlar ko‘rilyapti. Rang-baranglik oshdi. Bu Artetaga bog‘liq o‘zgarish.

Zlatan – futbolchi va yigitlarni o‘zi maydonda o‘ynayotgan paytigina ruhlantira oladi. Taktikani belgilashda, yangi qarashlarni ulashishda futbolchi hech kim emas. Zlatandan kattaroqlari ham. Demak, “Arsenal”dagi o‘zgarishlar garchi natija e’tibori bilan “Milan”ga o‘xshash bo‘lsa-da, botinan boshqacharoq. Murabbiy o‘zgartirayotgan jamoa bilan yetakchi futbolchi o‘zgartirayotgan klub o‘rtasida katta farq bor. Qay birining kelajagiga umid bilan qarash mumkin? Albatta, murabbiyi salohiyatli jamoanikiga.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 08:30, 29.01.2020.
O'qildi: 7440 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик