Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Bunyodkor» mag‘lubiyati o‘zbek futboli uchun foydalimi?

«Bunyodkor» mag‘lubiyati o‘zbek futboli uchun foydalimi?

Baho:
+ | -

"Bunyodkor" Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqa olmadi. Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayevning ta’kidlashicha, bu holat o‘zbek futboli uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Gap shundaki, OFK, UYEFAdan farqli ravishda, koeffisiyentlar jadvalini hisoblashda mamlakatlar musobaqani nechta klub bilan boshlaganiga emas, guruhda nechta jamoa ishtirok etganiga qarab hisoblaydi.

"Bunyodkor" so‘nggi 3 marta guruh bosqichida ishtirok etganida koeffisiyent nuqtai nazarda O‘zbekistonga zarar keltirgan. Masalan, "qaldirg‘ochlar" 2015 yilda guruhda atigi 1 ochko to‘plagan. Natijada o‘sha yil 6,0 reyting bali to‘plashimiz mumkin bo‘lgan vaziyatda 4,750 jamg‘arganmiz.

Bir yil o‘tib esa "Bunyodkor" guruhda 3 ochko to‘plagan, ammo O‘zbekistonning koeffisiyenti yanada pasaygan: 12,000 o‘rniga 9,750.

Vadim Abramov jamoasi kecha g‘alaba qozonganida "Sepohon" (Eron), "As-Sadd" (Qatar), "An-Nassr" (Saudiya Arabistoni) bilan bir guruhga tushgan bo‘lardi. Katta ehtimol bilan "qaldirg‘ochlar"ning bu galgi natijasi yuqori bo‘lmas edi.

Shu bois, "Paxtakor"ning yolg‘iz o‘zi reyting jadvalida bizga ko‘proq ochko keltirishi mumkin. 2018-2021 yillardagi natijalar asosida shakllantirilayotgan reyting jadvali asosida assosiasiyalarga 2023 va 2024 yillar uchun kvotalar taqsimlanadi. Avvalgi 3 yilgi natijalar bo‘yicha O‘zbekiston hozircha 19.300 ball bilan jadvalda 4-o‘rinni egallab turibdi.

Saudiya Arabistoni — 36.950
Qatar — 36.500
Eron — 32.000
O‘zbekiston — 19.300
Iroq — 17.233
Birlashgan Arab Amirliklari — 16.333
Iordaniya — 15.900

Guruh bosqichida Iroqning ham bitta jamoasi qoldi — "Ash-SHorta". "Paxtakor" guruh bosqichida bu jamoa bilan bir xil ochko to‘plasa ham, oradagi 2 ochkolik farq saqlanib qoladi.

BAAning esa birdaniga 4ta klubi guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan. Bu mamlakat reyting jadvalida bizdan o‘tib ketishi uchun 4ta klubning har biri "Paxtakor"dan 3 ochko ko‘proq jamg‘arishi yoki jamoamiz guruh bosqichidan qolib ketgan holda Amirlikning kamida 2ta klubi keyingi bosqichga chiqish kerak.

Arveladze shogirdlari OCHLning o‘tgan mavsumida guruhda 8 ochko to‘plagan edi. Bu safar ham "sherlar" bu natijani takrorlasa, BAA klublari birgalikda 44 ochko jamg‘arishlarik yerak.

2021 yilning so‘ngiga borib O‘zbekiston reyting jadvalida 4-pog‘onani saqlab qolsa, 2023 va 2024 yillarda bizga "2+2" ko‘rinishida kvota ajratiladi. 2021 va 2022 yillarda esa "1+1" kvota bilan ishtirok etamiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:38, 29.01.2020.
O'qildi: 8825 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.