Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

SCKAga belgiyalik futbolchi kerak

Mosvkaning SCKA jamoasi qishki transfer oynasi chog‘ida Belgiyaning “Anderleht” klubi yarimhimoyachisi Aleksis Salemekers bilan shartnoma tuzishi mumkin. Bu haqida Belgiyaning birnechta OAV xabar bermoqda.

20 yoshli futbolchining transfer qiymatini Belgiya klubi 7 million yevroga baholamoqda. “Armiyachilar” iqtidorli futbolchi borasida ilk taklifni jo‘natishga ulgurishgan. Futbolchining o‘zi Rossiyada to‘p surishga qarshi emas, biroq moskvaliklardan to‘liq o‘yinamaliyotini talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, qahramonimiz mavsum davomida 16 tauchrashuvda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2 ta gol yozib qo‘ydi.

Moskva klublari faollikni oshirmoqda

Moskvaning boshqa bir klubi “Spartak” ham qishki transferlar chog‘ida kuchayib olishni rejalashtirmoqda.

Ayni damda klub nishonida Burkina-Faso terma jamaosi a’zosi Bassiru Kompaore turibdi. 21 yoshlik futbolchi Tunisning “Afrikey” klubida omadli to‘p surib kelmoqda. “Spartak” jamoasi hujumchini qo‘lga kiritishni istasa, 7 million yevrodan voz kechishi talab etiladi. Hozircha, Tunis klubi “Spartak”ning taklifiga javob berganicha yo‘q. Esaltib o‘tamiz, Kompaore davom etayotgan mavsumning 13 ta uchrashuvida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol yozib qoydi.

Pedro Italiyaga yo‘l oladimi?

Londonning “Chelsi”j jamoasi yarim himoyachisi Pedroga yana bir jiddiy da’vogar paydi bo‘ldi. Taniqli “Daily Mail” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, 32 yoshli futbolchining hizmatlari bilan “Roma” jiddiy qiziqib qolgan. “Bo‘rilar” Pedroni yozda erkin agentga aylangach, tarkibga qo‘shib olmoqchi.

Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu transfer borasidagi ilk muzokaralar ham boshlagan bo‘lib, “Roma” rasmiylaridan biri ayni damda Londonda bo‘lib turibdi. Pedroning o‘zi Yevropada qolish istagin bildirgan bo‘lsada, futbolchini qishda hech kim xarid qilmoqchi emas. Uni qo‘lga kiritishni istagan “Vissel Kobe”, “Inter Mayami” jamoalari ham uni erkin agent sifatida qo‘lga kiritmoqchi bo‘lmoqda.

Hozircha Pedroning agenti mijozi kelajagi borasida rasmiy ma’lumot bermagan bo‘lsada, Uning Rimga ko‘chib ketishining ehtimoli katta.

Yana bir hujumchi

“Manchester Yunayted” jamoasi jarohat olgan Markus Reshfordning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini kattalashtirishda davom etmoqda. "Marca" nashrining ma’lum qilishicha, “qizil iblislar” ayni damda “Valensiya” hujumchisi Maksi Lopez bilan jiddiy qiziqib qolgan.

Hujumchini shaxsan “qizil iblislar” ustozi Sulsherning o‘zi jamoada ko‘rishni istamoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, ingilizlar hujumchi borasida “Valensiya”ga ilk taklifni yuborishgan va tez orada Maksining kelajagi ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi ushbu mavsumda “La Liga”ning 18 ta o‘yinida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9 ta gol yozib qo‘ydi.

"Valensiya" Florensini ijaraga oladi

“Italiyaning “Roma” jamoasining universal futbolchisi Alessandro Florensi qishki transfer oyanasi yopilguniga qadar “Valensiya” safiga borib qo‘shiladi.”,-deb xabar bermoqda “Le gazzeta della sport” nashri.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Valensiya” italiyalik futbolchini sotib olish shartisiz yarim mavsumga ijaraga oladi. Futbolchi Ispaniyadagi 6 oy davomida 1,7 million yevro ishlab oladigan bo‘ldi.

“Roma” yetakchisi ushbu mavsumda atigi 15 ta o‘yinda ishtirok etdi va birorta gol kiritishni uddalay olmadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:27, 29.01.2020.
O'qildi: 8463 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.