Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

«Dinamo» nazorat bahsida g‘alaba qozondi

«Dinamo» nazorat bahsida g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Samarqandda o‘tkazayotgan «Dinamo» jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi dastlabki uchrashuvni o‘tkazdi.

Nazorat bahsida «Dinamo» klubi Samarqand viloyat futbol akademiyasining 2001/02-yillarda tug‘ilgan futbolchilardan iborat jamoasiga qarshi maydonga tushirdi.

Shu kuni «Dinamo» murabbiylar shtabi bir qator yangi yosh futbolchilarni sinovdan o‘tkazdi. O‘yin davomida tajriba bobida raqibidan ustunlik qilgan «dinamochilar» yirik hisobda g‘alaba qozonishdi.

Hisobni 13-daqiqada markaziy himoyachi Jasur Urinov ochgan bo‘lsa, 18-daqiqada bulung‘urlik yosh iqtidor Shahzodov farqni ikkitga oshirdi. 30-daqiqada Qadamboy Nurmetov hisobni yirik ko‘rinishga olib kelgan bo‘lsa, 71-daqiqada Sharofiddin Shobirov jarima zarbasini golga aylantirdi – 4:0.

Qayd etish joiz, shu kuni jarohati bois Hakimxon A’lamxonov, Damir Temirov, Shohruh Abdurahmonov, Amirjon Safarov singari futbolchilar maydonga tusha olishmadi.

Kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlar olib borayotgan «Dinamo» jamoasi tayyorgarlikni Samarqanddagi o‘z qarorgohi va Samarqand tumanidagi stadionda davom ettirmoqda.

Nazorat uchrashuvi. 1 fevral (shanba)

«Dinamo» - Samarqand viloyat akademiyasi (U18-19) – 4:0

Camarqand tumani BO‘SM stadioni

Gollar: Jasur Urinov 13, Shahzodov 18, Qadamboy Nurmetov 30, Sharofiddin Shobirov 71.

«Dinamo»: Shohruh Eshbo‘tayev (Shohruh Raimov, Farhod Rahmatov), Komil Sharofutdinov, Jasur Urinov, SH.SHahzodov, Sharofiddin Shobirov, Bobur Qosimov, Jasur Azimov, Obid Hakimov, Sanjar Baratov, Nizom Norov, Qadamboy Nurmetov.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 18:13, 01.02.2020.
O'qildi: 2226 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик