Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

La liga. «Real» Madrid derbisida g‘alaba qozondi

La liga. «Real» Madrid derbisida g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 22-turi doirasidagi Madrid derbisi yakuniga yetdi. «Real» o‘z uyida «Atletiko»ni qabul qilib, kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda jamoalar nisbatan ochiq o‘yin namoyish qilishdi. Simeone shogirdlari tomonidan uyushtirilgan kuchli pressing qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Natijada "matraschilar" ikkita golga tortadigan vaziyat yaratishdi. Vitoloning zarbasini Kurtua qaytargan bo‘lsa, Korrea darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda ustunni nishonga oldi.

Tanaffusga qadar esa "Real"ning ikkita xavfli vaziyatini Ramos yuzaga keltirdi. Uning oyoq bilan yo‘llagan zarbalariga aniqlik yetishmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa Zidan birdaniga ikkita o‘zgarishni amalga oshirib, jamoasining o‘yinini o‘zgartirib yubordi. Vinisius va Lukas Vaskesning tushirilishi qanotlardagi faollikni oshirib yubordi.

Buning oqibatida mezbonlar 56-daqiqada hisobni ochishdi. Vinisius chap qanotdan aniq uzatma bilan Mendini oldinga chorladi. Himoyachining chiroyli uzatmasini Benzema darvozaga joylab qo‘ydi.

Qolgan daqiqalarda maydon egalari faol o‘yin namoyish qilib, "Atletiko" deyarli imkon qoldirmadi.

Shu tariqa, "Real" o‘z ochkolarini 49taga yetkazib, yaqqol peshqadamlikni saqlab qoldi.

Ispaniya La ligasi, 22-tur
"REAL MADRID" - "ATLETIKO MADRID" - 1:0 (0:0)
Gol: 1:0 – 56 Benzema.
Real Madrid – Kurtua, Mendi, Ramos, Varan, Karvaxal, Kazemiro, Modrich, Isko (Vaskes, 46), Kroos (Vinisius Junior, 46), Valverde, Benzema.
Atletiko – Oblak, Lodi, Felipe, Vrsalko, Savich, Saul, Lyorente, Vitolo (Ferreyra Karrasko, 71), Tomas (Kamelyo, 74), Korrea, Morata (Lemar, 50).
Ogohlantirishlar: Felipe (66), Vrsalko (80), Mendi (83), Kazemiro (88).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:51, 01.02.2020.
O'qildi: 4005 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик