Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

Qishki dedlaynlar tarixidagi eng qimmat futbolchilar bilan tanishing

Qishki dedlaynlar tarixidagi eng qimmat futbolchilar bilan tanishing

Baho:
+ | -

Qishki transfer oynasida Brunoni inobatga olmasa, “bomba” transferlarga ko‘zga tashlanmagani rost. Grandlar xarid qilishni istamgan bo‘lsa, o‘rtamiyona jamoalar 15-20 millionlik futbolchilar bilan cheklanishdi. Bugun Qishki transferning so‘nggi kunida qo‘lga kiritilgan eng qimmat futbolchilar haqida so‘z boradi.

 

5 o‘rin, Villian (Braziliya)

 

Ayni damda Janubning ikkini dvizionida ishtirok etayotgan “Anji” 2013-yilda “Shaxtyor”dan Villanni 35 million yevro evaziga “tortib” olgan edi. Odil Ahmedov, Roberto Karlos, Eto'o… Yodingizga tushdimi? Dog‘istonliklar uchun shirin tushdek o‘tgan yillar tarixda ham o‘z izini qoldirib ketgan.

4 o‘rin, Endi Kerroll (Angliya)

“Liverpul” tarixidagi qishki eng omadsiz xarid 2011 yilda amalga oshirilgan O‘sha yili “qizillar” “Nyukasl” jamoasiga hech qanday effekt bermagan hujumchi uchun 41 million yevro to‘lashgan edi. Torresni sotib yuborish evaziga qo‘lga kiritilgan pullar shu yo‘sinda havoga uchib ketgan, biroi Suares ham aynan shu pullarning bir qismiga xarid qilinganini unutmaslik lozim. Bir yarim mavsum davomida 9 raqamda harakat qilgan futbolchi keyinchalik “Vest Hem”ga ikki barobar arzon narxda sotib yuborilgan.

3 o‘rin, Bruno Fernandesh

Uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng, “Sporting” o‘z tarixidagi rekord summaga ega chekni qo‘lga kiritdi. “Qizil iblislar” portugaliyalik futoblchini qo‘lga kiritish uchun 55 million yevrodan voz kechishganidan xabaringiz bor. 25 yoshli yarim himoyachi 2017 yilda “Fiorentina”dan 9 million yevroga sotib olinganida, klub muxlislari jamoani keskin tanqid qilishgan edi.

2 o‘rin, Fernando Torres (Ispaniya)

2011-yilda ispaniyalik futbolchi Liverpulni Londonga almashtirish orqali o‘z hayotidagi eng katta xatolardan birni amalga oshirgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Tan olish lozim “Liverpul” hujumchi uchun o‘sha davr hisob-kitobi bo‘yicha chakana pulni qo‘lga kiritmagan,(58,5 million yevro) biroq “elnino” darajasidagi sof hujumchi boshqa “Liverpul” libosini kiyganicha yo‘q(Suaresni inobatga olmaganda va Firmino xafa bo‘lmaydi degan umiddaman).

1 o‘rin, Pyer-Emerik Obameyang (Gabon)


2018 yilda Dortmunddan Londonga ko‘chib kelgan gabonlik futbolchining transferi hali-hamon ko‘plab bahs va munozaralarning asosiy sababchisi. Jamoa sarodorlik bog‘ichini taqishga ham ulgurgan hujumchi qanchalar yaxshi to‘p surmasin, “Arsenal”ning omadis o‘yinlari fonida bu ko‘zga tashlanmay qolmoqda. Arteta barchasini joyiga qo‘ysa, Obameyang dunyoning eng kuchli huujumchisiga aylanishi mumkin. Hujumchining hisobida 57 ta gol va 13 ta assist mavjud ekanligini inobastga olsak, uning uchun “kononirlar” to‘lagan 63,75 million yevr to‘liqligicha oqlanmaganini darrov payqaysiz. Agar, hujumchi yozda “Barselona”ga o‘tib ketmasa, bu pullarni oqlashga qodir.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 11:50, 03.02.2020.
O'qildi: 6866 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.