Bugun davom etayotgan mavsumda o‘zini ko‘rsatishda uddalaganyangi nomlar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz.
Gabriyel Martineli
Mavsum oldidan“Arsenal” bir nechta futbolchilarni xarid qilganida hech kim Martinelining transferiga ortiqcha e’tibor qaratmadi. Darhaqiqat, Braziliyaning 4 dvizionidan Londonga tashrif buyurgan 18 yoshli hujumchidan bu qadar ko‘p narsa kutishmagan bo‘lsa, ajab emas. Avvaliga Unay Emirining e’tiborini tortmagan futbolchi ikkinchi jamoa bilan shug‘ullanib yurdi, va asosan kubok o‘yinlarida ko‘rinish berdi. Qishda tizasidan jarohat olgan Gabriyelbir fursat chetda qoldi. U jamoaga qaytganida Mikel Arteta “Arsenal”postini egallagan edi. Yosh ispaniyalik murabbiyi aynan Martinelini asosiy hujumchi obrazida ko‘rdi va unga ishonch bildirdi. Qahramonimiz ham berilgan imkoniyatni ko‘kka sovurmadi. Uning “Chelsi” darvozasiga kiritgan golini ko‘rgan muxlisalarning fikri ham darrov 180 gradusga o‘zgargani rost. Ayni damda uni ikkinchi Ronaldo deb atashmoqda. To‘g‘ri, bunga biroz erta, biroq futbolda nimalar bo‘lmaydi deysiz?
Ansu Fati
So‘nggi yillarda “Barselona” klub tarbiyalanuvchilariga kamroq e’tibor berayotgani bor gap. Akademiya bitiruvchilari ham asosiy jamoaga o‘ta olmagach, Yevropaning turli jamoalariga o‘tib ketishga majbur bo‘lishmoqda. 16 yoshli Ansu Fatini ham shunday futbolchilardan biri bo‘lishi mumkin edi, biroq mavsum boshida yetakchilarning jarohat olishi iqtidorli Fatiga asosiy tarkib yo‘llarini ochib berdi. Ernesto Valverde qo‘l ostida zahira quroliga aylangan FatiKike Setyenning asosiy tarkib futbolchisiga aylanib bormoqda. Undagi keskin o‘sish sababli “Barselona” Fati bilan professional shartnoma imzoladi. Shuningdek, Ansu Fati Ispaniya fuqoroligini ham qabul qildi va Ispaniya yoshlar terma jamoasida debyut o‘yinini o‘tkazdi. To‘g‘ri, hali super yulduz emas, biroq uning fantastik iqtidorini hech kim rad etmayapdi.
Lorenso Pellegrini
Bundan ikki yil avval “Roma” akademiyasi bitiruchisi bo‘lishiga qaramay, asosiy jamoaga o‘ta olmagan yarim himoyachi “Sasuola” klubiga yo‘l oladi. 2 yil davomida yuqori sifatli o‘yin namoyish etgach, rimliklar uni 10 million yevro evaziga sotib olishdan boshqa chora topa olishmaydi. Fonseka bilan bir paytda “Roma”ga kelgan yarim himoyachi qisqa fursatda asosiy tarkibdan joy oldi. Portugaliyalik murabbiy ayni damda Pelegrinini Jekoning ortiga joylashtirdi. Yangi pozitsiyaga tezda moslashgan futbolchi birin ketin golli uzatmalarni amalga oshirishni boshlab yubordi. Bugunga kelib uning hisobida 13 ta assist mavjud ekanligi so‘zimizga isbot bo‘ladi. Lorenso nafaqat hujumda, balki butun jamoaviy o‘yindagi muhim figuraga aylanib bormoqda. Uning Rim jamoasi tarbiyalanuvchisi ekanligi esa, muxlisalrning e’tiborini yanada oshirmoqda. Qahramonimiz Italiya terma jamoasi tarkibida o‘zining birinchi golini kiritishga ham ulgurganini inobatga olsak, bu mavsumning chinakam kashfiyoti deb atashga haqlimiz.
Stefano Sensi
“Sasuola” so‘nggi yillarda chinakam iqtidorlar fabrikasiga aylanib borayotgani bor gap. Masalan Stefano Sensini olaylik. To‘g‘ri, “Inter” yarim himoyachini ijaraga oldi, biroq Konte uni “ko‘k-qora”lar safida olib qolishi kundek ravshan bo‘lib ulgurgan. Italiya chempionatini ilk 6 ta turida 3 ta gol va 4 ta assistni amalga oshirgan markaziy yarim himoyachi jamoa o‘yiniga tezda kirishib ketdi. Antonio Konte Sensining maydondagi mehnatkashligini doimmo yuqori baholashini yashirib o‘tirmaydi. Afsuski, qahramonimiz “Yuvnetus” bilan o‘yinda olgan jarohati bois, bir fursat chetda qolishga majbur bo‘ldi, biroq endi u yana tarkibga qaytdi. Bu orada StefanoItaliya terma jamoasida debyut qilishga ham ulgurgani tahsinga sazovor. Agarda, mavsum so‘nggida “Inter” “Yuvnetus”dan skuddetoni ilib ketsa, Sensi chinakam kashfiyot deb tan olinishi aniq.
Alfonso Devis
20 yoshli futbolchi “Bavariya”ning asosiy tarkibidan joy olishi uchun yillar kerak bo‘ladigandek tuyulgan edi, biroq hammasi o‘zgacha ko‘rinis oldi. Qanot futbolchisi sanalamush Lukas Ernandesning jarohat olishi kanadalik futbolchiga asosiy tarkib eshiklarini ochib berdi. Zamonaviy futbolda qanot yarim himoyachilarining fulbekka aylanishi trend darajasiga ko‘tarilayotgan bir paytda, “Bavariya”murabbiy ham shu uslubga foydalanishg qaror qildi va adashmadi. Ayni damda ikkinchi Alabaga aylanib borayotgan universal futbolchi butun qanot bo‘ylab o‘z hukmdorligini o‘rnatib bormoqda. Uning hisobidagi assistlar sonidan ham buni anglab olish mushkul emas. Qahramonimiz so‘nggi turlarda shu qadar jamoa o‘yiniga moslashib ketdi-ki, Ernandesning yana o‘z joyini qaytarib olishi katta savol ostida qolmoqda.