Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Pike barcha zamonlarning eng kuchli to‘rtta futbolchisi kim ekanligini aytdi (ro‘yxatda Messi yo‘q)

Pike barcha zamonlarning eng kuchli to‘rtta futbolchisi kim ekanligini aytdi (ro‘yxatda Messi yo‘q)

Baho:
+ | -

Kuni kecha “Barselona” telekanalida mehmon bo‘lgan Jerar Pike turli savollarga javob berib o‘tdi. Suhbat davomida, Pike barcha zamonlardagi eng kuchli darvozabon, himoyachi, yarim himoyachi va hujumchi kim ekanligini aytdi va o‘z tanloviga qisqacha sharx berib o‘tdi.

Darvozabon

Men doimmo Viktor Valdesni barcha yosh darvozabonlar uchun o‘rnak qilib ko‘rsataman. Bilasizmi, u fantastik kipper bo‘lmagan, biroq kerak paytda doimmo jamoamizni qo‘llab yuborishni uddalagan. Ayniqsa, final uchrashuvlarida uning sovuqqonligi bizga doim qo‘l kelgan. Futbol jamoaviy o‘yin. Unda grad jamoalar ham darvozabonning mahoratiga muhtoj bo‘lib qoladi. Biz doimmo qiyin ahvolda qolganimiz, Valdes mardonavor turib berishni uddalagan. U “Barselona” tarixida qolish uchun munosib darvozabon. Shuningdek, Viktor klubga yangi kelgan futbolchilarning tezda kirishib ketishi uchun jonkuyarlik ko‘rsatadigan chianakam yetakchi edi.

Himoyachi

Bu yerga Puyolni qo‘yaman. U men uchun huddi akamdek qadrli inson. Karlesni maydonda ham, uning tashqarisida ham doim hurmat qilaman. O‘ylashimcha, u “Barselona” jamoasidagi eng kuchli sardorlardan biri edi. Uning jismoniy imkoniyatlari, ruhiy tetikligi va g‘alabaga chanqoqligi meni doimo hayratda qoldirib kelgan. Unda idial himoyachida bo‘lishi kerak barcha jixatlar mavjud edi. Agar, Puyolning tizasidan olgan jarohati bo‘lmaganida, yana bir necha yil to‘p darajada to‘p surishiga ishonchim komil edi. U singari futbolchi bilan bir jamoada bo‘lganimdan faxrlanaman.

Yarim himoyachi

O‘ylab o‘tirmasdan Xavini tanlayman. U “Barselona”ning yangi asrdagi chinakam timsoliga aylangan futbolchi. Xavi futbolga bo‘lgan munosabati orqali katta inqilob qilgan shaxs. E’tibor qarating, u jismonan kuchli emas, tezkor yoki bo‘ydor ham emas. U shunchaki, tez qaror chiqa olishi bilan qolganlardan yaqqol ajralib turgan xolos. Shunga qaramay, Xavi o‘zining kuchli jihatidan shu qadar unumli foydalanar edi-ki, uning maydonda nima qilmoqchi ekanligini payqash mushkul edi. U barcha davrlarning eng yaxshi to‘p uzatuvchi futbolchisi bo‘lib qoladi.

Hujumchi


Ochig‘i bu borada uzoq o‘ylash mumkin, lekin men Ronaldo variyantida qolaman. “so‘yloq” “Barselona” safida yosh bo‘lishiga qaramay bir mavsumda 35 ta gol kiritishni uddalagan. Fenomen qanchalar kuchli futbolchi bo‘lmasin, jarohatlar uni butkul “sindirib” qo‘ygani rost. Ayniqsa, son qismidan olgan jarohati uni yuqori tempda to‘p surishiga faoliyati so‘nggiga qadar yo‘l qo‘ymadi. Barcha to‘sqinliklarga qaramay, Ronaldo o‘z iqtidorini maydonda ko‘rsatishga ulgurib qoldi. Juda ham kuchli tehnika va fantastik tezlik uyg‘unligi. Bunday uyg‘unlik hujumchilar uchun kamyob holat. Barchasini yengib o‘tgan Ronaldo o‘z davrining eng kuchli futbolchisi edi.

Manba: Barcelona.tv
Kiritildi: 03:23, 07.02.2020.
O'qildi: 17464 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.