Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Toni yoki Habib? Dastin Poryekim g‘olib bo‘lishini aytdi

Toni yoki Habib? Dastin Poryekim g‘olib bo‘lishini aytdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Intervyular

2020 yil boshlanishi bilan barcha  UFC ishqibozlari Habib Nurmagamedov va Toni Fergyuuson o‘rtasidagi jangni sabrsizlik bilan kutishmoqda. UFC jangchilari ham ushbu to‘qnashuvga befarq emas. Bugun ushbu bahs oldidan mashxur jangchilar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan fikrlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Huseyn Halik

90 foiz aniqlik bilan aytishim mumkin-ki, Toni Habibning darajasidagi raqib emas. U o‘zining jismoniy imkoniyatlari haqida soatlab gapirishi mumkin, biroq unda birorta jismonan yetuk raqibning o‘zi bo‘lmaganini unutmaslik lozim. Habib ulardan farqli o‘laroq, besh raundni to‘liq ustunlik bilan o‘tkazishga qodir sportchi. Habib oktagonda istalgan raqibga qarshi o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘ymaydi. Bu Tonini asabiylashishga majbur qilishi aniq. Habib Barboza va Konorni yenggani kabi o‘z uslubida chekinmasligiga aminman.

Dastin Porye

Bu jang o‘zgacha bo‘lishi aniq. Uni tomosha qilishni juda istayapman. Boz ustiga, ikki jangchi bir necha bor jang qilishga imkon topa olishmagan. Bu ham jangga bo‘lgan e’tiborni oshirmoqda. Toni jang davomida o‘zining tirsak zarbalari va tezkorligi bilan Habibni hayron qoldirish mumkin, biroq “burgut” “el kukuy”nining ushlab olsa, jang tamom bo‘ldi deyavering. O‘ylashimcha bu jangda Habib g‘alaba qozonadi.

Edson Barboza

Barchaning e’tiborini bir yerga jamlash uchun ajoyib imkoniyat. Bu to‘qnashuv ikki jangchi uchun ham katta tajriba maktabini o‘tab beradi. O‘ylashimcha, Tonida g‘olib chiqish uchun imkoniyat yaxshiroq. Uning zarba kuchi va abjirligi jangda qo‘l kelishiga ishonchim komil. UFCning barcha muxlisalri Habibning qanday jang olib borishini yaxshi biladi, biroq hech kim bu uslubga qarshi turib bermagan. Menimcha, Toni bu ishning uddasidan chiqadi.

Chak Linden

Men bu to‘qnashuvda Tonining g‘alaba qozonishini tahmin qilyapman. Siz Habibga qarshi oktagonga chiqqan jangchilarga e’tibor qaratganmisiz? Barchasi kardio borasida muammosi bor yigitlar edi. Toni ular singari 3 yoki 4 daqiqada nafas olishga qiynalib qoladiganlar toifasidan emas. Rossiyalik jangchi charchab qolgan raqiblari bilan oktagonda xohlagan ishini qilishga o‘rganib qolgan. Agar, Toni jang kuniga qadar jarohat olmasa, hech qanday muammosiz g‘alaba qozonishi mumkin.

Kevin Li

Men UFC tarixidagi eng kuchli qarama-qarshilikda Habibni fovorit deb hisoblayman. Menimcha Toni o‘zining eng yaxshi formasini endi tiklay olmaydi. U men bilan bo‘lgan jangda “daxshat” rejimini yoqib olgan edi. Ayni damda uning jismoniy va ruhiy holatida pasayish kuzatilmoqda. Jang hech bo‘lmasa 2017 yilda tashkillashtirilganida ham Tonida g‘alaba uchun imkoniyat mavjud edi. Bugungi kunga kelib Tonining tezligi yo‘qolgan 

Kamaru Usman

Birinchi navbatda bu jang haqiqatdan ham amalga oshishini istayman. Jang tashkillashtirilsa, Habib g‘oliblik uchun asosiy da’vogar bo‘ladi. Toni juda iqtidorli jangchi va uning arsenali juda boy. Shunday bo‘lsada, Toni jang davomida juda ko‘p xatoga yo‘l qo‘yadigan sportchilardan biri. Menimcha, Habibda xatolarni jazolash uchun yetarlicha imkoniyat mavjud bo‘ladi. Men Tonining nimalarga qodir ekanligini bilaman, biroq uning qo‘pol xatolar ustasi ekanligini ham inobatga olaman. O‘ylashimcha, jangda Toni o‘zi qilgan xato tufali Habib tomonidan munosib jazolanadi.

Entoni Petis

Ularning janggi qanday ko‘rinish olishini judaham ko‘rgim kelyapti. Toni juda kreativ jangchi. U bilan oktagonda jang qilganman. Men og‘ir zarbalar bilan unga jarohat yetkazgan bo‘lsada, uni ruhan yengishni uddalay olmaganman. U taslim bo‘lmaydiganalar sirasiga kiradi. Barchamiz Habib jangda nimalar qilishini yaxshi bilamiz, Toni esa, istaganicha jang qiladi. Ko‘ramiz, kimning uslubi yakunda g‘oliblikni taqdim etar ekan

Manba: TRUG MMA
Kiritildi: 03:45, 07.02.2020.
O'qildi: 9958 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.