Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Xayrulla Hamidovdan «Milan derbisi»ga anons

Xayrulla Hamidovdan «Milan derbisi»ga anons

Baho:
+ | -

Futbol tv kanaliga o‘tganimdan buyon to‘rtta derbini sharhladim.
Uchtasi poytaxt jamoalari o‘rtasidagi bahs:

“Chelsi” – “Arsenal”
“Lasio” – “Roma”
“Real” – “Atletiko”

Biri Turin derbisi:
"Torino" - "Yuventus"

Muhimi, bachasi shiddatli kechgan. Turin derbisida asabiylik,
London derbisida drama guvohi bo‘lgan ersak, Rim derbisida o‘ta keskin to‘qnashuv, Madrid derbisida taktik yurishlar...
2 ta o‘yinda durang, ikkisida kichik hisobli farq. Bilib olavering, naqadar teng kurashlar taklif etilgan.

Bugun navbat Milan derbisiga yetib keldi. Bu shahar Italiya poytaxti bo‘lmasa-da, go‘zallik poytaxti...

“San Siro” tasvirini Mikelanjelo chizib berar, biz ojizmiz.

Hozirda “Inter” va “Milan” turli holatda. Biri chempionlik uchun kurashayotgan bo‘lsa, ikkinchisi yevrokuboklarga yo‘l olsa ham katta gap.

2020 yilning o‘zini oladigan bo‘lsak, Zlatani bilan “Milan” 7 o‘yindan 5tasida yengdi. Shved o‘ynamagan bahslarda durang.
Milan derbisida uning asosiy tarkibda bo‘lishini bilmaymiz. Oxirgi daqiqalarda hal etiladi.

Shuningdek, Lautaro va Shkrinyarsiz qolgan “neradzurri” o‘yin boshidanoq ikkinchi posboni bilan o‘ynashi mumkin. Samir Handanovich barmog‘idan jarohat olgan.

Sensi va Eriksen – ikkisi birdaniga tushirilmasa kerak, ularning bog‘lami hali to‘liq ishlanganiga shubhalanishmoqda.

Xullas, muammolar turfaligidan tomonlar o‘rtasida tenglik bordek. Aynan shunisi kerak bizga!

“Milan” ijobiy natija qayd etsa, muxlislari mavsumdan rozi bo‘lishadigandek. “Inter” uchun bahs o‘z-o‘zidan “hayot-mamot” turkumidan...

Anonsimning oxirida Andrey Shevchenko gapini keltirib o‘taman:
“Milan derbisi hamisha og‘ir bo‘ladi. Ikki tomon uchun ham. Lekin muxlislar uchun u hech qachon zerikarli bo‘lmaydi. “San Siro”da ikki Milan klubi o‘ynayotgan payti hayot to‘xtab qoladi. Hammasi shu mo‘’jaz o‘yingohga ko‘chadi. Endi ishtirokchilarning holatini tasavvur qilib olavering. Bu og‘ir. Hatto eslagani ham qo‘rqyapman!”

225-derbida ham eslab yuradigan o‘yin kutib qolamiz yigitlardan. Eng muhimi kecha Veronada o‘sha sensasiya sodir bo‘ldi. Konte shogirdlari yengishsa, yana birinchi o‘ringa qaytishadi.

Soat 00:45da Futbol tv kanalida! Birga kuzatamiz...

Manba: Хайрулла Ҳамидов телеграм канали
Kiritildi: 06:38, 09.02.2020.
O'qildi: 3479 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.