Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/06 18:00 Ruminiya 3-0 Ukraina
17/06 20:00 Lokomotiv - Dinamo
17/06 20:00 Olimpik 0-1 OKMK
17/06 21:00 Belgiya 0-1 Slovakiya
17/06 23:59 Avstriya 0-1 Fransiya
18/06 21:00 Turkiya - Gruziya
18/06 23:59 Portugaliya - Chexiya

"Barselona"ning "balo"si: befarosat, betartib, beqaror...

"Barselona"ning "balo"si: befarosat, betartib, beqaror...

Baho:
+ | -

Futbol tarixida Dembeledan faqat uchta futbolchi qimmatroq: Neymar (222 million), Mbappe (145), Koutinyo (145), Felish (126). Dembele uchun "Barsa" 125 million yevro to‘lagan.

Transfermarkt Neymarni 100 mlnga baholaganida “PSJ” 222 mln to‘ladi (122 mln farq). Dembele esa 33 millionga baholangan, “Barsa” 125 mln to‘lagan (92 mln farq).

Neymar katta summani oqlamadi, ammo hech bo‘lmaganda u o‘ynaydi va har doim saviyasini ushlab turadi. Ammo Dembele sust harakat qilyapti va juda oz o‘ynayapti.

Dembele uchun "Barca" – bu hashamat va doimiy tartibni buzish

2017 yil yozi. Usmon Dembele eng kuchli mavsumni "Borussiya"da o‘tkazdi. U asosiy iste’dodlardan biri sifatida qayd etilgandi. U janjal bilan klubni tark etadi (mashg‘ulotlarga boykot e’lon qildi va "Borussiya"da o‘ynashni rad etdi). "Barsa" Dembele Neymarning o‘rnini egallashiga ishongandi. Ammo birinchi mavsum: ikkita jarohat, omadsiz o‘yin, atigi uchta gol. Bu ham yetmagandek, maydon tashqarisidagi ulkan muammolar.

Dembele boshida yaxshi o‘ynadi. Keyin uzoq vaqt yangi jamoaga va mamlakatga moslashdi. Ovqatlanish rasioniga rioya qilmadi. Jamoa uchrashuvlariga juda kech keldi. Oshqozon og‘rig‘i tufayli mashg‘ulotlarni muddatidan oldin tugatdi. Video o‘yinlar tufayli kam uxlay boshladi.

Birinchi mavsumda futbolchining atrofida noxush holatlar yuz berdi. Dortmundda futbolchi yashagan uyning egasi Dembelni sudga berdi. Uy egasining aytishicha, Dembele to‘ng‘iz kabi yashagan va uyni juda iflos holatda tashlab ketgan. Ijara pullarini to‘liq to‘lamagan, devorlarda esa ovqatdan qolgan dog‘lar ko‘rinib turardi.

Barselonada Dembele mehmonxonada yashadi. Va keyin u uch qavatli, umumiy maydoni 750 kv.m bo‘lgan hashamatli uyni ijaraga oldi.

“Barca” o‘yinchining ovqatlanishi bilan bog‘liq muammolar tufayli shaxsiy oshpaz yolladi, ammo Dembele uni tezda ishdan bo‘shatdi. Keyin oshpaz futbolchining qanday yashaganini aytib berdi: «Usmon yaxshi yigit, lekin hayoti uning qo‘lida emas. U hamma narsani o‘zi hal qiladigan amakisi va eng yaqin do‘sti bilan yashaydi. Bu bema’ni hayot. Men hech qachon spirtli ichimliklarni ko‘rmaganman, lekin u umuman dam olish vaqtiga rioya qilmaydi, uning atrofida kasbiy ehtiyojlar uchun aniq tartibga solingan rejim yo‘q».

Juda ko‘p, ko‘plab jarohatlar

Ruhiy jihatdan mukammal bo‘lmagan xarakterga salomatlik bilan bog‘liq muammolar ham qo‘shildi. Dembele jarohat tufayli 322 kunni o‘tkazib yubordi (61 o‘yin).

2019 yilning yozida "Barsa" Dembelening sust o‘yini, jarohatlari va tartibsizligidan bezidi: klub uni sotmoqchi edi. Ammo futbolchining o‘zi hech qayerga ketmoqchi emasligini va "Barselona" afsonasi bo‘lishni xohlayotganini aytdi. Buning ajablanarli joyi yo‘q: Usmon yiliga 11 million yevro oladi va shartnomasi 2023 yilda yakunlanadi.

Ammo yozda Dembele haqiqatan ham o‘zgarishga harakat qila boshladi. Tez orada mashg‘ulotlarga kirishish va formada bo‘lish uchun ta’tildan erta qaytdi. Ammo birinchi davradayoq jarohat oldi.

Birinchi davradagi "Atletik" bilan uchrashuvdan so‘ng Usmon jismoniy ko‘rikdan o‘ta olmadi. U jarohatlanganini bildi. Lekin u shifokorlardan qocha boshladi va holatini charchoq bilan izohladi. Ammo keyinchalik, shunga qaramay, Usmon tibbiy xodimlar bilan uchrashishga majbur bo‘ldi, ular esa tasdiqlashdi: Dembele yana jarohatlangandi.

Keyin Dembele tuzalib ketdi, lekin bir nechta o‘yinlardan so‘ng hakamga baqirdi, qizil kartochka oldi va ikkita o‘yin uchun diskvalifikasiya qilindi; Tabiiyki, "Barsa" boshliqlariga bu unchalik yoqmadi.

Diskvalifikasiyadan so‘ng Dembele ikkita o‘yin o‘tkazdi va yana jiddiy jarohat oldi. Shu qadar hayratda qoldirdiki, hatto Suares bu haqda shunday dedi: "Shifokorlar unga nima bo‘lganini bilib olishlari kerak. U boshqa jarohat olmasin".

Dembele yana safga qaytdi. "Barca"ning yangi bosh murabbiyi Kike Setyen Usmonni maqtadi va unga jamoada muhim o‘rinni va’da qildi:

"U juda g‘ayrioddiy iste’dodlarga ega va biz ko‘proq foydalanishga harakat qilamiz. Usmon qaysi pozisiyada o‘ynashidan qat’i nazar jamoaga ko‘p narsa beradi. Men uning qanchalik ishlayotganini ko‘rib, ancha ta’sirlandim. Biz unga to‘pni beramiz va u hamma narsaga qodirligini ko‘rsatib beradi. Umid qilamizki, uning chiqishlari barqaror bo‘ladi”.

Ammo yaqinda yana xabar keldi: “Dembele mashg‘ulotlarda jarohat oldi”. Taxminlarga ko‘ra, u uch oyni – mavsumning deyarli qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.

Nizomjon ISLOMOV tayyorladi.

 

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 14:34, 09.02.2020.
O'qildi: 11422 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.