Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Murod Xolmuhamedov masalasi bo‘yicha

Murod Xolmuhamedov masalasi bo‘yicha

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

PFL bosh direktori  o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev, avvaliga "Qo‘qon-1912"dan "Bunyodkor"ga ijarga brilib, yana qaytirib olingan Murod Holmuhammedov masalasi bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi.

"Kanalda avval ham ma’lumot bergandik (https://t.me/diyorimamkhodjaev/1690), futbolchi bilan 2 oylik shartnoma tuzib bo‘lmasligi haqida. Shartnoma mavsum avvalida tuzilayotgan bo‘lsa, u kamida 1 yillik bo‘lishi, shartnoma mavsum o‘rtasida tuzilayotgan bo‘lsa, u kamida yarim yillik bo‘lishi kerak.

Bunyodkor Murod Xolmuhamedovni 1 yilga ijaraga oldi (2 oyga emas). Bu reglament bo‘yicha to‘g‘ri. Xolmuhamedov OCHL o‘yinlarida Bunyodkor safida harakat qildi. Endi esa Superliga boshlanmay turib, Qo‘qon-1912 o‘z futbolchisini qaytib oldi. Buning ajabnarali yeri yo‘q. Agar Xolmuhemdov Bunyodkorning Superliga o‘yinida ishtirok etib ulgursa edi, u Qo‘qonga kamida yozgacha qayta olmas edi. Ikki klub reglament bo‘yicha o‘zaro kelishib ish ko‘rsa, O‘zPFL bu ishga aralashmaydi.

P.S. Bunyodkorga OCHL oson bo‘lmasligi aniq edi. Boisi jamoaning asosiy futbolchilari olimpiya termasi ixtiyorida edi. Shundan kelib chiqsak, Abramov yordam kuchlariga ehtiyoj sezdi", -deb yozib qoldirdi Imomxo‘jayev.

Manba: Диёр Имомхўжаев телеграм канали
Kiritildi: 15:20, 11.02.2020.
O'qildi: 6152 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик