Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Metallurg» Qozog‘iston klubi bilan durang o‘ynadi

«Metallurg» Qozog‘iston klubi bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Bugun Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi uchinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Raqib Qozog‘istonning “Qaysar” jamoasi bo‘ldi.

Qiziqarli va murosasiz kurashlar ostida kechgan o‘yinda jamoalar durangga imzo chekishdi. O‘yin biri biriga o‘xshamagan ikkita taymdan iborat bo‘ldi deyish mumkin. Birinchi bo‘limni Qozog‘iston Premyer ligasining oltinchi jamoasi hujumkor ruhda boshladi. O‘yinda tezkor gol kiritib olgan qizilo‘rdaliklar himoyada ishonchli o‘ynadi. Bekobodliklar esa raqib tomonidan qo‘yilgan “avtobus”ni yorib o‘tishning uddasidan chiqa olishmadi. Boz ustiga tanaffusga chiqib ketish arafasida qozog‘istonliklar ikkinchi golni ham kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Tanaffusda murabbiylarimizdan kerakli ko‘rsatmalarni olgan “Metallurg” o‘yinda tub burilish yasadi. Bunda murabbiylarning bir qator o‘yinchilarni almashtirishlari, taktikaga o‘zgartirish kiritishlari ham qo‘l keldi. Avvaliga Stanislav Andreevning burchakdan oshirib bergan to‘pini Salamat Quttiboyev boshi bilan urib raqib darvozasiga kiritgan bo‘lsa, oradan o‘n daqiqa o‘tgach Abdurahmon Abdulhaqov ajoyib to‘p oshirishi bilan Murod Bobojnovni raqib darvozaboni qarshisida yolg‘iz qoldirdi. Murod esa randevudan unumli foydalanib hisobni tenglashtirdi.

Shundan keyin ham jamoalarda bir qator imkoniyatlar bo‘lgan ersa-da, hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmasdan qoldi. Endi “Metallurg” Turkiyadagi oxirgi nazorat uchrashuvini 14 fevral sanasida Rossiyaning “Armavir” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Nazorat uchrashuvi
“Metallurg” – “Qaysar” – 2:2 (0:2). Turkiya, Antaliya. 11.02.2020 yil.
Gollar: Salamat Quttiboyev (53), Murod Bobojonov (63) — Fortes (11), Peshich (45).
“Metallurg”: 35. Akmal Tursunboyev, 28. Stanislav Andreev, 21. Kamoliddin Tojiyev, 5. Abbos Otaxonov, 22. Shahzodbek G‘ofurbekov, 55. Akbar Ismatullayev, 33. Salamat Quttiboyev, 14. Abrorbek Toshqo‘ziyev, 18. Ixtiyor Toshpo‘latov, 19. Yevgeniy Chumak, 10. Shahzodbek Ubaydullayev.
Zaxira: 12. Aleksandr Lobanov, 6. Odiljon Abdumajidov, 7. Doniyor Narzullayev, 8. Davron Anvarov, 11. Murod Bobojonov, 17. Abdug‘ani Kamolov, 20. Xudoyshukur Sattorov, 30. Andrey Shipilov, 70. Abdurahmon Abdulhaqov, 77. Muhammad Isayev.
“Qaysar”: Marsel Islomqulov, Ivan Graf, Aleksey Shumskix, Tolegenov, Bagdat Kairov, Duman Narzildayev, Asxat Tagibergen, Paragulov, Alvin Fortes, Ivan Peshich, Kolev.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 22:13, 11.02.2020.
O'qildi: 2616 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик