Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gattuzo: «Hali vazifa bajarilmadi»

Gattuzo: «Hali vazifa bajarilmadi»

Baho:
+ | -

Italiyaning «Napoli» klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Italiya Kubogi yarim final dastlabki uchrashuvda “Inter” klubi ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Inter”dek kuchli klubga qarshi turish uchun yetarlicha hurmat ko‘rsatish kerak. Futbolchilarim o‘yin uchun bor kuchlarini berishdi. Bu natija uchun har birini tabriklab chiqishim kerak va ulardan mavsumning har bir o‘yini uchun mana shunday tayyorgarlik ko‘rishlarini talab qilaman. Raqiblarimizni hurmat qilishimiz juda muhimdir, lekin o‘z rejamizdan uzoqlashmasligimiz kerak.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida jamoa oldiga qo‘yilgan vazifani yetarlicha bajardik. Hujumlarni katta ishonch bilan amalga oshirdik. Mehmonlarning bosimi ostida qolib, ikkinchi bo‘limda bunday ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishga haqqimiz yo‘q edi. Hali oldimizga qo‘yilgan vazifa bajarilmadi. Bizni ko‘p ishlar kutmoqda», — dedi Djennaro Gattuzo.

Kiritildi: 12:48, 13.02.2020.
O'qildi: 2113 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик