Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz

“Manchester Yuanyted” Pogbani sotmoqchi


Taniqli "The Guardin" nashrning ma’lum qilishicha, “qizil iblilsar” yozda jamoa yetakchisi Pol Pogbani sotishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, jamoa avvalroq xabar berganimizdek Pogba uchun 148 million yevro talab qilmaydigan bo‘ldi.

Manbaning ma’lum qilishicha, klub Pogbani 100 million yevroga sotib yuborishga qaror qilgan. Futbolchining agenti Rayolaning aytishicha, endi Pogbaning yozda boshqa jamoaga o‘tishi ancha osonlashadi.

Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi uchun asosiy da’vogar “Real Madrid” va “Yuventus” klublari bo‘lib turibdi.

“Real Madrid” Kazemiroga o‘rinbosar topdi

 

Madridning “Real” klubi Fransiya chempionatida to‘p surayotgan EduardoKamavingani yozda sotib olishni rejalashtirmoqda”,-deb xabar bermoqda Marca nashri.

Madrid klubi “Lill” jamoasining 17 yoshli futbolchisini jamoaning kelajagiga bosh qotirgani uchun xarid qilmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, klub Eduardoni Kazimironin o‘rnini egallashini tahmin qilmoqda.

Fransuz klubi o‘z tineyjerini 50 million yevrodan kamiga qo‘yib yubromoqchi emas, biroq yozda transfer narxi umuman o‘zgacha ko‘rinish olishi ham mumkin.

Depay ortga qaytadimi?

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi Memfis Depayni ortga qaytarishni rejalshtirmoqda. Bu haqida “The times” nashri ma’lum qilmoqda. Manbada aytilishicha, jamoa rahbarlari Depayga o‘z vaqtida imkon berilmaganidan afsusda.

Shu sababli futbolchini yozda ortga qaytarish borasida ishlar olib borilishi mumkin. Ayni damda, transfermarket portal gollandiyalik futbolchini 55 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2015-17-yillar oralig‘ida “qizil iblislar” sharafini himoya qilgan, biroq kutilgan natijalarga erisha olmagan. Ayni damda qahramonimiz tizzasidan olgan jarohatdan forig‘ bo‘lish arafasida turibdi.

Meddison ketadimi?


Bu mavsumda “Lester” safidagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo‘lib turgan Jeyms Meddison o‘z kelajagi borasida yakuniy qarorni qabul qildi. Unga ko‘ra, yarim himoyachi o‘z faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirmoqchi. "Bild" nashrining ma’lum qilishicha, 23 yoshli futbolchi “tulkilar” rahbarlariga o‘zini yozda transferga qo‘yishlari borasida iltimos bilan chiqqan.

Futbolchi yoshligidan “qizil iblislar”ning muxlisi ekanligini yashirib o‘tirmayapti. Bundan tashqari, “Manchester Yunayted” ham yarim himoyachini qo‘lga kiritishga qarshi emas. Agar ushbu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, “Lester” kamida 60 million yevro ishlab olishi mumkin. Sababi, ayni damda futbolchining trasfermarketdagi narxi ham 60 million yevroni tashkil etmoqda 

“Arsenal” Lodiginni qo‘lga kiritmoqchi

 

Tula shaxrining “Arsenal” jamoasi ayni damda erkin agent maqomida bo‘lgan Yuriy Lodiginni o‘z safiga qo‘shib olishga juda yaqin turibdi. Sports.runing ma’lum qilishicha, darvozabon shu kunlarda “Arsenal”ning o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga borib qo‘shilishi kutilmoqda. Agar murabbiylar shtabi uning o‘yinidan qoniqish hosil qilsa, Tulaliklar tez orada Lodiginning transferini rasman e’lon qilishadi.

Eslatib o‘tamiz, darvozabonning so‘nggi jamoasi turkyaning «Gaziantep» klubi bo‘lgan shartnoma ikki tommoning kelishuviga binoan bekor qilingan. Bunga qadar Lodigin 6 yil davomida “Zenit” sharafini himoya qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:41, 15.02.2020.
O'qildi: 10378 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.